Kitoblarimkatalog
Navoiy

Navoiy

“Navoiy” romani o'zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, aslo kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo'lgan munosabati tasviridan ham o'rinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, “Navoiy” romani o'zining badiiy –estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning ko'zgusi bo'la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya'ni tarixiy va to'qima obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillardirki, o'z qadr-qimmatini yo'qotgan emas , yo'qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san'at asari hech qachon o'lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o'zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug' mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go'zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.

Kitob haqida

Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

424 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 22 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Nashrlar (3)

Yoshlar matbuoti · 2023

ISBN:
9789943206038
Tili:
O'zbek tili
Yozuv:
Lotin
Sahifalar:
424
Muqova:
Yumshoq
Format:
A5

Ilm-Ziyo-Zakovat · 2020

ISBN:
9789943665460
Tili:
O'zbek tili
Yozuv:
Kirill
Sahifalar:
512
Muqova:
Qattiq
Format:
A5

Yangi Nashr · 2019

ISBN:
9789943223455
Tili:
O'zbek tili
Yozuv:
Lotin
Sahifalar:
576
Muqova:
Yumshoq
Format:
A5

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash