
Dahshatli Meshpolvon
Qo'lingizda iste'dodli adib Anvar Obidjonning "Dahshatli Meshpolvon" kitobi. Asar qahramoni o'sha siz bilgan Meshpolvon. Ikki lunji nog'ora, beti oftobdan zog'ora, jag'ida eshak tepki naqshlagan chandiq, qorni naq qirq pudlik sandiq. Shu bolakayning boshiga ko'rgilik yog'ilib, yirtqich Sepkilshoh askarlari yurtini talab, ota-onasini qul qilib, Qahratoniya degan uzoq o'lkaga haydab ketadi. Avvaliga o'zini yo'qotgan Meshpolvon buvisining daldasi bilan o'qlovni nayza, qozonqopqoqni qalqon qilib, xachirini minib yo'lga tushadi. Meshpolvonning ko'rgan-kechirganlari, Sepkilshoh bilan olib borgan janglari bilan tanishgan har bir kitobxon bu "lashkarboshi"ni yaxshi ko'rib qoladi. Shuningdek, ushbu to'plamdan hayvonlarning tushlari haqidagi hikoyalar ham o'rin olgan. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Ziyo Nashr
- Nashr yili
- 2023
- Asl tili
- O'zbek tili
190 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Alamazonning ikkinchi sarguzashti
Anvar Obidjon · 2023

Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni
Anvar Obidjon · 2023
Qizg'anchiq futbolchilar
Anvar Obidjon · 2016
Saylanma. Anvar Obidjon
Anvar Obidjon · 2019
Mo'ttivoymisan, mittivoymisan?
Anvar Obidjon · 2024
Oltin yurakli Avtobola
Anvar Obidjon · 2024
Eski zamon kulgilari
Anvar Obidjon · 2024
G'alati maktublar (Anvar Obidjon)
Anvar Obidjon · 2019