Istisno
To'plamdagi o'n yillik ijod mahsuli uch qismga bo'lingan holda davriylashtirilgan. Birinchi qism “Simurg'” – o'ttiz qush deb nomlanishi bejiz emas, bu 25-30 yosh oralig'ida ona bo'lgan Mehrinozning dunyoga bergan savollari, iztirob va shodliklarini o'z ichiga oladi. Ikkinchi qismi “Qaqnus”da esa u 20 dan 25 yoshgacha bo'lgan yasham davrini, endigina katta hayotga qadam qo'ygan ayolning yonib-kuyishlari, o'z kulidan qayta-qayta bunyod bo'lishlarini ro'y-rost ko'rsatadi. So'nggi – uchinchi qismi esa “Humo” deb nomlanadi. Siz kitobning bu qismida afsonalarni haqiqat deb o'ylaydigan, mo'jiza yuz berishiga telbalarcha ishonadigan 15-20 yashar o'smir qizning gard tegmagan orzulari, shaffof xayollariga qanday ergashganingizni o'zingiz ham sezmay qolasiz. Avvaliga muallifning yashirin dunyosiga kirdim deb o'ylaysiz. Aslida bu sizning – o'ppa-o'zingizning xos xilvatingiz bo'lib chiqadi va shovqinlardan chekinib, yashash uchun takror kelgingiz keladigan manzilga aylanadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Akademnashr
- Nashr yili
- 2026
- Asl tili
- O'zbekcha
272 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 14 kunda tugatasiz.
Kitoblarim botida: 1 kishi oʻqib boʻlgan
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Kitoblarim botida bu kitobni oʻqib, baho berganlar.
- 5 yulduz: 0 ta baho (0%)
- 4 yulduz: 1 ta baho (100%)
- 3 yulduz: 0 ta baho (0%)
- 2 yulduz: 0 ta baho (0%)
- 1 yulduz: 0 ta baho (0%)
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash