Kitoblarimkatalog

Voz kecha olmoq

Gay Finlining "Voz kecha olmoq" kitobi qiziqishlari, muammolari orasida chalkashgan, o'zini topishga qiynalib hayotda o'zini labirintda yashayotgandek his etadiganlar uchun juda foydali. "Voz kecha olmoq" va bu turdagi kitoblarning foydasi sizning o'z qobig'ingizdan tashqariga chiqishga undashidir. Ichki meningizni tahlil qilishga, yechimlarni oson topishga o'rgatadi. Gay Finlining "Voz kecha olmoq" asarida insonning ichki meni, tiyiqsiz istak va orzulari bilan qanday kurashish kerakligi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari muallif cheksiz istak va xohishlar orasidan eng muhimini tanlab olish va qolganlaridan voz kechish insonga qanday xotirjamlik va baxt keltirishini ham tushuntirib beradi. Sizga kerakmas bo'lgan nimadandir voz kecha olish oson emas. Bunga ongosti va boshqa ko'plab faktorlar tabiiy ravishda qarshi chiqadi. Imkon qadar yaxshi va ko'p yashash uchun hammasi kerak deb hisoblaydi. Tabiiy instinkt. Muallif voz kechishga xalaqit beradigan 5 ta illyuziyani sanaydi, ularning puch narsalar, shunchaki qo'rquv ekanini keltirib o'tadi. Shuningdek, asarda insonning tabiiy ichki energiyasi, kuchi haqida ham qiziqarli mavzular o'rtaga tashlanadi. Tabiiy kuch oqimiga yo'l berish orqali sizni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yo'llari haqida gap ketadi. O'zimizni cheklash, bu orqali tabiiy kuch oqimini to'sishimiz muammo va tuyg'ularimizni qanday chalkashliklarga solib qo'yishi chiroyli ochib berilgan. Kitob hayotda o'z o'rnini topishga va to'siqlarni yengishga intilayotganlar uchun yo'l-yo'riq ko'rsatadi. "Voz kecha olmoq" — bu erkinlik sari qadam tashlashga va ichki tinchlikka erishishga yordam beruvchi muhim qo'llanma bo'lib, o'quvchini hayotini yangicha ko'z bilan ko'rishga undaydi.

Kitob haqida

Nashr yili
2024
Asl tili
O'zbekcha

348 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 18 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash