Iqror
Yoshlar bilan bog'liq muammolar hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi, zero, ular har bir oilaning asosiy tashvishidir. Afsuski, ayrim qora niyatli kimsalar o'z maqsadlari yo'lida g'o'r yoshlardan foydalanmoqda. Dunyoda ichkilikbozligu giyohvandlik, missionerligu dahriylik, buzg'unchi g'oyalaru turli qing'ir ishlar - bularning bari yoshlarning qo'li bilan amalga oshirilmoqda. Qisqacha aytganda, jamiyat ham, oilalar ham yoshlar bilan bog'liq muammolarga chora topish ilinjida ovorai sarson. Iymonidan ayrilgan, taqdiridan xafa, hayotidan norozi, jamiyatga qarshi bosh ko'targan yoshlarni qanday qilib yo'lga solish va isloh etish masalasi tobora dolzarblik kasb etmoqda. Qo'lingizdagi asarda ana shunday yoshlardan birining hayoti haqida so'z boradi. Kitob keng ommaga mo'ljallangan, unda qisqa va tushunarli jumlalardan iborat sodda til qo'llanilgan. Matnning bezakdor bo'lishiga emas, tushunarliroq bo'lishiga e'tibor qaratilgan.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Misbah
160 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 8 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash