Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Kalila va Dimna (Hind eposi)
Badiiy tarjima

Kalila va Dimna (Hind eposi)

«KALILA VA DIMNA» — adabiy yodgorlik. “Panchatantra” va “Xitopadesha” kabi qadimgi hind og'zaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning anik, yozilgan vaqti ma'lum emas. Asar shahzodalarga ta'lim-tarbiya berishga mo'ljallangan bo'lib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yo'l bilan 2 shag'ol (chiyabo'ri) — Kalila va Dimna (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va Dimna) munozarasi shaklida bayon etiladi. «Kalila va dimna » 6-a. da Eron shohi Xusrav Anushirvon (531—79) buyrug'iga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan Hindistondan keltirilgan va paxlaviy tiliga tarjima qilingan. 8-a. da mashhur adib Abdulloh ibn al-Muqaffa (721—57) pahlaviydan arab tiliga, undan Rudakiy fors tiliga nazm bilan tarjima qilgan. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshifiy forschaga tarjima qilib, uni «Anvori Suhayliy» deb nomlaydi. Asarning fors tiliga o'girilgan nusxasi 16-asr oxirida qayta ishlangan. Uni eski o'zbek tiliga Muhammad Mulla Niyoz (1837), Fazlulloh qori Almaiy tarjima qilishgan. Almaiy tarjimasi 3 marta nashr etilgan (1910—13). Asar hozirgi uzbek tilida bir necha bor nashr etilgan (1966, 1977, 1988, 1992, 1994).

Kitob haqida

Nashriyot
G'afur G'ulom
Nashr yili
2019

260 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 13 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash