Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Qotilning psixologik portreti
Badiiy tarjima

Qotilning psixologik portreti

Ushbu kitob, muallif ta'kidlaganidek, Gollivudning navbatdagi blokbasteri yoxud trilleri emas. Bu yigirma besh yil davomida Amerika Qo'shma Shtatlari Federal qidiruv byurosi maxsus agenti Jon Duglasning o'zi guvox bo'lgan eng og'ir jinoyatlar: Vahshiy ketma-ket qotilliklar, o'g'irlash va bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish orqali sodir etilgan qotilliklar bilan bog'liq mingdan ortiq tergov ishlari yoritilgan kitobdir. Unda muallif o'zi ishlagan Tergovga ko'maklashish bo'limining jinoyat joyidan olingan fotosuratlar asosida o'zlari ishlab chiqqan usul qotilning shaxsiyatini tahlil qilish orqali jinoyatchini fosh etish yo'llarini mufassal bayon etarkan, mutaxassislarning nafaqat jinoyatchi turini aniq ko'rsatibgina qolmay uning jinoyat sodir etilgandan keyingi xatti-harakatlarini ham tasvirlab berish tajribalari bilan o'rtoqlashadi. Eng muhimi, muallif, yuqorida qayd etilgan jinoyatlarning oldini olish haqida so'z yuritar ekan, zo'ravonlik jinoyatlari sonini kamaytiruvchi yagona qurol jinoyatchilar yetishtirishni to'xtatish ekani, bu boradagi haqiqiy kurash oiladan, farzandlarni to'g'ri tarbiyalashdan boshlanishi kerakligini bot-bot takrorlaydi. Farzand tarbiyasi yo'lidagi ushbu qurolga har zamon extiyojimiz bor ekan, demak, bu qurolni ishlatish yo'l-yo'rig'i jamlangan mazkur kitobni farzand ulg'aytirayotganlarning barchasiga ilindik. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2022

496 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 25 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun