Kitoblarimкаталог
Назад к книгам

Halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir

Bandalariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Islomning ikkinchi masdari qilib bergan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin! Ummatlariga hadis nimaligini batafsil tushuntirib, undagi ta'limotlar qanday amalga oshirilishini ko'rsatib bergan mahbub Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin! Dindoshlariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o'rgatib, ularga amal qilishni osonlashtirib bergan muhaddislarimizga Alloh taoloning cheksiz rahmati bo'lsin! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan ruhiy tarbiya yo'llarini topib, ularni mo'min bandalar hayotiga tatbiq qilishni yo'lga qo'ygan mashoyixlarimizga Alloh taoloning mag'firati bo'lsin! Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan fiqhiy qoidalar chiqarib, mazkur qoidalar orqali ko'plab masalalarni yechgan, musulmon bandalarga amal eshigini ochib bergan faqihlarimizni Alloh taolo O'z rahmatiga olgan bo'lsin! Ammo ba'du: «Islomning madori bo'lgan hadislar» degan umumiy nomdagi silsilamizning birinchi qismida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, amallar niyatlarga bog'liqdir» degan hadislari xususida ojizona so'z yuritdik. Endi mazkur silsilaning ikkinchi qismida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, halol ochiq-oydindir» degan hadisi shariflari haqida yana ojizona bahs qilish niyatidamiz. Bu ishni Alloh taoloning O'zi bizga oson va ravon, fayz-barakotli hamda unumli va xayrli qilsin! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

О книге

Издательство
Hilol-nashr
Год издания
2025

168 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 9 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Издания (2)

Hilol-nashr · 2025

ISBN:
9789943913189
Страниц:
168

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ