
O'tkan kunlar» (kirill va mumtoz arab alifbosida)
Yaxshi kitobni takror-takror o'qiganimizda har gal yangi-yangi ma'nolarini kashf etamiz. Zamonlar kechgan sayin turli ijtimoiy muhit va siyosiy tuzumda ham chaqnab turuvchi, har gal o'quvchida yangi-yangi fikr uyg'otuvchi asarlar chinakam durdona sanaladi. Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» ro'moni ana shunday kitoblar sirasiga kiradi. «O'tkan kunlar» ilk bor nashr etilgan vaqtda Turkiston xalqlari faqat diniy kitoblar va dostonlarni, yana bir qism odamlar esa sho'rolarning kundalik gazetalarini o'qib kifoyalanar edi. Ro'mon degan kitobni rus tilidan xabardor ayrim o'zbek ziyolilari rus adabiyotidan o'qib zavq olgan bo'lsalarda, lekin oddiy xalq bu janrdan bexabar, bebahra edi. «O'tkan kunlar» 1925 va 1926 yillarda uch bo'limi alohida kitob holida 10 000 nusxadan chop etiladi. U sekin-asta xalq orasiga kirib boradi. Aytishlaricha, besh-o'n yil davomida ro'mon shunday dovruq soladiki, Turkistonning uzoq-uzoq viloyatlarida yashovchi odamlar o'zaro pul yig'ib, «Kumushbibining kitobi»ni (o'sha vaqtdagi odamlarning iborasi) topib olib kelish uchun Toshkentga chopar jo'natar ekanlar. Yana xotiralarda yozilishicha, Toshkentda, boshqa shaharlarda va qishloqlarning choyxonalarida, xonadonlarda guruh-guruh odamlar bir odamga bu kitobni o'qitib, tinglab zavq olishar ekan. Siz ham qo'lingizdagi «O'tkan kunlar» ro'monini o'qib, betakror til, maroqli uslub, tarixiy manzaralar, yuksak ma'naviyat, muomala madaniyatidan bahramand bo'lasiz, degan umiddamiz.
О книге
- Издательство
- Hilol-nashr
- Год издания
- 2025
- Язык оригинала
- Arab tili
912 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 46 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

Yosh Verterning iztiroblari
Iogann Volfgang Gyote · 2025

Abdulla Qodiriy asarlari to'plami
Abdulla Qodiriy
O'tkan kunlar: Bygone days
Abdulla Qodiriy
Tanlangan asarlar Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy · 2018
O'tkan kunlar (qattiq muqova)
Abdulla Qodiriy · 2018
Mehrobdan chayon Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy · 2018
O'tkan kunlar Abdulla Qodiriy (lotin)
Abdulla Qodiriy · 2018
Baxtsiz kuyov
Abdulla Qodiriy · 2024
Хотите узнать больше?
Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.
Подробнее у ИИ