Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Ilk qo'shiqlarim. Moi perviye pesni +(Simsiz Bluetooth kolonka)

Ilk qo'shiqlarim. Moi perviye pesni +(Simsiz Bluetooth kolonka)

Ushbu bolalar qo'shiqlari to'plami musiqiy murabbiylar va pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun yaratilgan. To'plamdan o'rin olgan musiqiy asarlar orqali pedagog bola bilan birgalikda rang-barang musiqiy obrazlar ruhiyatini his qiladi. Jo'shqin va ilhombaxsh, lirik, vatanparvarlik ruhidagi va juda zamonaviy qo'shiqlarga oshno bo'ladi. "Ilk qo'shiqlarim" loyihasi O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari hamda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. To'plamda taqdim etilgan qo'shiqlardan musiqiy mashg'ulotlarning “Kuylash”, "Musiqa tinglash", "Musiqiy-ritmik harakatlar" kabi bo'limlarida foydalanish mumkin. Umid qilamizki, bu yangi to'plam musiqa murabbiylariga bolaning musiqiy qobiliyatlarini ijodiy va ko'p qamrovli rivojlantirishlarida, shuningdek hafta yoki oy davomida bolalar bilan o'rganilgan mavzularni to'liq ochib berishda yaqin ko'makchi bo'ladi. Aksariyat qo'shiqlar bolalar ijrosi uchun tavsiya etilgan diapazonda yozilgan. Siz repertuar ustida ishlash davomida vokal vazifalarini osonlik bilan uddalaysiz va bolalarni qiziqtira olasiz. Qo'shiqlar o'zbek va rus tillarida taqdim etilgan. to'plamga qo'shimcha sifatida esa yosh xonandalar ijrosidagi barcha qo'shiqlar hamda ularning kuylari yozilgan USB-flesh-xotirani topasiz. Mazkur musiqiy asarlardan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladigan bayramlar va ko'ngilochar tadbirlarda, shuningdek mustaqil ijodiy faoliyatda foydalanish imkonini beradi. Kuylang, Zavqlaning va Tabassum qiling!

О книге

Год издания
2020
Язык оригинала
O'zbek tili

252 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 13 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ