Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Iste'dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir

Iste'dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir

Kitoblar bor, o'qishni boshlab besh-olti... o'n... nari borsa yigirma betdan nari o'tolmaysiz. Kitoblar bor, ming bir azobda o'qib tugatasizu, ketgan vaqtingizga achinasiz. Kitoblar bor, o'qib chiqib, dilingiz yayraydi, ma'naviy oziq olasiz. Kitoblar bor, bir o'qishda bosh ko'tarmasdan tugatasiz, qayta-qayta o'qiysiz, u bir umr ish stolingiz, yostig'ingiz ostida turuvchi gavharga aylanadi. Ushbu mo''jazgina qo'llanma ana shunday durdona kitoblar sarasiga kirishiga umid qilamiz. Negaki, endigina mustaqillikka erishgan qaloq bir davlatni qisqa muddat ichida dunyoning rivojlangan davlatlaridan biriga aylantira olgan Li Kuan Yuning “Singapur mo''jizasi” sirlarini bilish har bir millatparvar va fidoiy kitobxon “Singapur mo''jizasi” dan o'z yurti ravnaqi yo'lida foydalanishni diliga tuyishi tabiiy. Ko'pchilik mutaxassislar azmu-shijoatda, g'ayratu jasoratda, aqlu-zakovatda Den Syaopin, Li Kuan Yuga qiyos etilayotgan Prezident Sh.Mirziyoyevning keyingi uch yilda amalga oshirgan tub islohatlarining mohiyatini tushunib yetish, ularning istiqboliga ishonch ko'zi bilan qarash hamda qo'llab-quvvatlash uchun mazkur risola har bir rahbar, har bir tadbirkor, har bir yurtdoshimizning kundalik qo'llanmasiga aylanmog'i darkor. Ilmu fanga e'tibor, jamiyatda muallimlarning maqomini ko'tarish, korrupsiyaga qarshi beayov kurash, tadbirkor va investorlar manfaatlarini himoya qilish, mamlakatning turizm salohiyatini ko'tarish, qo'shni davlatlar bilan do'stona aloqalarni mustahkamlash va boshqa ko'plab ustivor vazifalarni amalga oshirishda Singapur tajribasi O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo'lishini inobatga olganda risolaning qadr-qimmati yanada yoqqolroq namoyon bo'ladi. Kitobcha katta-kichik barcha rahbarlar, ishbilarmonlar, olimlar, izlanuvchilar, xullas Vatanimiz taqdiriga befarq bo'lmagan keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Zamin Nashr
Год издания
2019
Язык оригинала
O'zbek tili

160 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 8 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше