Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Samarqand - yer yuzining sayqali

Samarqand - yer yuzining sayqali

Shanxay hamkorlik tashkilotining yigirma ikkinchi sammiti arafasida Samarqand viloyat hokimligi tomonidan “Ma'naviyat” nashriyotida shu nomdagi kitob-albom chop etildi. “Samarqandga bejiz “Yer yuzining sayqali”, deya ta'rif berilmagan. Negaki, bu zamin insoniyat sivilizatsiyasida muhim rol o'ynagan, tarix sahifalarida nomi zarhal harflar bilan yozilgan va o'chmas iz qoldirgan. Samarqand- ilm-fan, madaniyat va san'at beshigi, ulug'vorlik, taraqqiyot va yuksalish timsoli…” Kitob shunday satrlar bilan boshlanadi va unda Samarqandning paydo bo'lish tarixidan boshlab dunyo tamadduniga yuz tutishi va bugungi kunigacha bo'lgan davr ma'lumot va fotosuratlar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, unda Samarqand viloyati hududidagi noyob moddiy-madaniy meros obyektlari, osori-atiqalar, xalqimizning o'ziga xos madaniyati, an'ana va qadriyatlari, milliy hunarmandchiligi, bayram va festivallari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Viloyatning iqtisodiy imkoniyatlari, turistik salohiyati, sanoat, qishloq xo'jaligi, tibbiyot, ta'lim va boshqa sohalarga oid qimmatli ma'lumotlar va suratlar kitobxonni befarq qoldirmaydi. – Samarqand haqidagi bunday kitob-albom bundan 15 yil avval – 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan tayyorlangan edi, – deydi ushbu kitob-albom ishchi guruhi a'zosi M.Ibodullayev. – Lekin unda ham ko'proq shahar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur kitob-albomda esa viloyatning tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti va boshqa sohalariga oid eng so'nggi ma'lumotlar kiritilgan. Albatta, keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli yaratilgan yangi obyektlar, sanoat korxonalari to'g'risidagi ma'lumot va suratlar o'rin olgan. Shuningdek, viloyatning o'ziga xos go'zal tabiati aks etgan betakror suratlar borki, ularga kishiga o'zgacha zavq berib, hayrat va havas uyg'otadi.

О книге

Издательство
Ma'naviyat
Год издания
2022
Язык оригинала
O'zbek tili

320 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 16 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ