
Yarim asr devoni
G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi atoqli shoir, O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Yarim asr devoni” nomli kitobini nashrdan chiqardi. Kitobning ilk sahifasidan joy olgan to'rtlikda shoir bosib o'tgan olis yo'l, yarim asrlik ijod mazmun-mohiyati, hayot mundarijasi aks etganday: Yomg'irlar yig'lashib sel bo'ldi, ona, Sog'inchlar birlashib yil bo'ldi, ona. To'planib-to'planib barcha og'riqlar, Mening ko'kragimda dil bo'ldi, ona... Ha, bu kitob shoir ta'biri bilan aytganda, to'planib-to'planib dilga aylangan og'riqlar mevasi. Vatan va xalq, adabiyot va muxlislar oldidagi yarim asrlik hisobot. Kitobdan shoirning dilbar g'azallari, ruboiy va fardlari, barmoq vaznida bitilgan lirik, publitsistik she'rlari, Hofiz Sherozi-yu Adib Sobir Termiziy, Atoiy va Lutfiy, benazir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur, Zokirjon Furqat, Avaz O'tar va Sidqiy Xondayliqiy, G'afur G'ulom va Mirtemir, Abdulla Oripov va Erkin Vohid, Loyiq Sherali va Andrey Voznesenskiy kabi so'z zargarlarining asarlariga tazmin va tatabbular, tarjima va dostonlardan parchalar o'rin olgan. “Yarim asr devoni” – ellik yillik hayrat va muhabbat yo'li. Unda shoirning 1974 yilgi “Vatan mehri” nomli ilk havaskorona bitigidan tortib go'zal oshiqona tuyg'ular ifodalangan she'rlari, ona xalqimizning og'ir, sinovli kunlarda chekkan zahmatu mehnatlari, anduh va iztiroblari, yangi zamon ruhi o'z ifodasini topgan.
О книге
- Издательство
- G'afur G'ulom
- Год издания
- 2025
- Язык оригинала
- O'zbek tili
1060 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 53 дня.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

Matonat manzumasi
Sirojiddin Sayyid · 2018

Tanlangan asarlar
Orziqul Ergash · 2024

Taskin (Birinchi kitobim)
Ahmad Obid o'g'li · 2023

Andoza (Birinchi kitobim)
Munisa A'zamova · 2023

Xayyomdan bir kosa, Rumiydan bir jom
Sirojiddin Sayyid · 2021

Zamon qasri
Sirojiddin Sayyid · 2024

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016
Хотите узнать больше?
Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.
Подробнее у ИИ