Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Jumaboy Rahiimov: Buyuk davlat arbobi, ulug' sarkarda va qomusiy olim

Jumaboy Rahiimov: Buyuk davlat arbobi, ulug' sarkarda va qomusiy olim

Ushbu tarixiy-ilmiy, ilmiy-publitsistik asar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi "Buyuk davlat arbobi, buyuk sarkarda, shoir va mashhur olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qaroriga amaliy javob sifatida tayyorlanib, keng jamoatchilikka havola etilmoqda. Shonli tariximizga ham, bugungi kunimizga ham nazar solsak, Andijon zaminida ko'plab sohalarda qanchadan-qancha buyuk va fidoyi insonlar kamol topganini ko'ramiz. Chunki andijonliklarning o'z xalqi va or-nomusi uchun maydonga belbog' bog'lab chiqishi azaliy an'anadir. Misol uchun, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburni olaylik: bu ulug' zot 12 yoshidan boshlab yirik markazlashgan temuriylar davlatini saqlab qolish uchun tinimsiz kurashdi. U na yovuz dushmanlardan, na xatarli sinovlardan qo'rqdi. Qirq yetti yillik umri davomida bir lahza ham tinchlik bilmay, avlodlariga va Vataniga bo'lgan ulkan muhabbatini, olijanob fazilatlarini namoyon etib, bizga muborak meros qoldirdi. Zahiriddin Muhammad Bobur bizning bobomiz, qonimiz, farzandlarimizga faxr bilan so'zlab berishimiz mumkin bo'lgan buyuk ajdodimizdir. U Andijonda ulg'aygan. Barchamizga ma'lumki, Zahiriddin Muhammad Boburdan o'z yurtiga bo'lgan cheksiz muhabbat va ezgu fazilatlar meros bo'lib qolgan. El-yurt taqdiri uchun o'zini ayamay, charchoq bilmay yashagan bunday ajoyib insonlarning avlodlarini bugun Andijonda uchratish mumkin. Men barchamiz yaxshi biladigan Bobur xalqaro jamg'armasi raisi hurmatli Zokirjon Mashrabovni ana shunday mard va vatanparvar inson deb bilaman. Uning faoliyati haqida to'liq ma'lumot berish uchun alohida anjuman o'tkazsak ham yetarli bo'lmaydi. Zokirjon akaning sa'y-harakatlari bilan Andijonda Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy qabri va yodgorlik majmuasi barpo etildi. Bobur va uning ijodiy merosini chuqur o'rganish hamda targ'ib etish bo'yicha qanday ulkan ishlar amalga oshirilgani sizlarga yaxshi ma'lum. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

О книге

Издательство
Ziyo Nashr
Год издания
2024
Язык оригинала
O'zbek tili

568 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 29 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ