Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Polkovnikka birov maktub bitmas

Polkovnikka birov maktub bitmas

Gabriel Garsia Markesning “Polkovnikka birov maktub bitmas” asari — bu sokin ohangda yozilgan, ammo yurakka uriladigan kuchli adabiy portret. Asarning har bir sahifasida faqat qahramonning emas, muallifning ham yuragi bezovta urayotgani seziladi. Kitob juda ixcham, ammo mazmuni — cheksiz. Asar markazida — o'z nafaqasini kutayotgan, urush faxriysi bo'lgan polkovnik turadi. U har hafta pochta kutisini tekshiradi, hech qachon kelmaydigan maktubni kutadi. Nafaqa — u uchun nafaqat pul, balki adolat, e'tibor, jamiyatga keraksizlik hissidan xalos bo'lish umididir. Bu kutilish — asarning eng og'riqli, ammo eng hayratomuz qismidir. Markesning o'zi bu asarni “kulgi bilan boshlangan, ammo fojia bilan yakunlangan” deb ta'riflaydi. Haqiqatan ham, bu hikoya hazin va go'zal, oddiylikda ulug'likni topgan asar. Uning foni esa – mustabid hukumatlar, senzura, beqaror siyosat fonida hayotini davom ettirishga urinishdir. Polkovnik — bu yagona qahramon emas, balki butun jamiyatda unutilgan, e'tibordan chetda qolgan insonlarning timsolidir. Asar orqali Markes bizni insoniy umidning qanchalar bardavom, lekin ba'zida qanchalik befoyda ekanini ham ko'rsatadi. Bu kitobda harakat deyarli yo'q, ammo ichki to'qnashuvlar, sukutli qarorlar, umid va mag'lubiyat orasidagi kurash har sahifani jonlantirib turadi.

О книге

Издательство
Arxetip
Год издания
2025
Язык оригинала
O'zbek tili

96 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 5 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ