Diyorbekning she'rlarida o'zgachalik bor. Bir qarashda soddaday ko'ringan satrlar ortida shoir yurak qaysarligi, murosasizligi, shuningdek, o'zi, do'sti, ko'ngil qo'ygan insoniga qilgan iqrorlari, murojaatlari sezilib turadi. Muallif o'zi izlagan narsani she'rlari orqali ifodalashga intiladi. Biz unga istagani va izlaganini topishini tilab qolamiz. Ko'proq ko'rish