Kitoblarimкаталог
Baxtiqaro Kerri

Baxtiqaro Kerri

Ushbu kitob AQSHda yashab ijod etgan ingliz adibi Teodor Drayzer (1871-1945) qalamiga mansub. Ushbu romanni o'zbek tiliga rus tili orqali Erkin Nosirov "Baxtiqaro Kerri" nomi ostida tarjima qilgan. Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1973-yilda chop etilgan.. Bu davrdagi nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o'sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha izoh-u iqtiboslar kiritildi ruscha yoki baynalmilal so'zlar, imkoni boricha, o'zbekchalashtirildi, boblar raqami tuzatildi va mundarija qo'yildi. Shuningdek hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahririlandi. "Baxtiqaro Kerri" asari jahon adabiyotining o'lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo'lgan. Asarning asosiy qahramoni Kerri (Karolina Miber) - o'z kelajagini ta'minlash uchun opasi yashaydigan shaharga - Chikago poyezda yo'l oladi. Lekin poyezdda uning kelajagini tubdan o'zgartirib yuborgan odam bilan tanishadi... Bu odam kim edi? U Kerrining hayotida qanday rol o'ynaydi? Umuman, asar davomida Kerri o'z niyatiga erishadimi? Bu savollarga asarni batafsil o'qish davomida javob topasiz degan umiddamiz.

О книге

Издательство
Yangi Nashr
Год издания
2019
Язык оригинала
O'zbek tili

528 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 27 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ