Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi
Художественный перевод

Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi

“Asaxiy Books” loyihasidan yangi qadam, Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi o'zbek tilida! Miyangiz g'aroyib qobiliyatlarga ega, afsuski, undan samarali foydalanish uchun qo'llanma yo'q. Bu qo'llanmani “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida topishingiz mumkin. Tajribangiz bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, ushbu kitobdan bilim olish ko'nikmalaringiz va texnikangizni oshirish uchun yangicha va ajoyib usullarni topasiz. Ular, ayniqsa, matematika va tabiiy fanlarni o'zlashtirishda qo'l keladi. Fanlarni o'zlashtirishga qiynalayotgan talaba bo'lasizmi yoki lavozimda yuqorilash uchun yangi bilimlarni o'rganishi kerak bo'lgan xodim, “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi ushbu muammoni yechish uchun zarur vositalarni taklif qiladi. Kitobda aniq va tabiiy fanlarni o'rganishning samarali usullari keltirilgan. Turli hiylalar, masala yechish, tahlil va yodlashning noodatiy usullari sizga qo'l kelishi hamda fanlarga qiziqishingizni oshirishi shubhasiz. Kitobni o'qib, siz miyadagi neyronlar tarmog'ining chinakam egasi bo'lishga o'rganasiz, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalg'ib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida bilib olasiz. Bu kitob qanday bilim olish kerakligi borasidagi tasavvurlaringizni o'zgartirib yuborishi mumkin. Unda siz bilim olishning tadqiqotchilarga ma'lum bo'lgan oddiy, samarali va qulay usullari bilan tanishasiz, bundan zavq olasiz. Oklend universitetining muhandislik professori Barbara Oukli o'zining “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida sizga matematika va tabiiy fan qo'rquvlarini qanday yengish va bu fanlarda ustunlikka erishish mumkinligini ko'rsatib beradi. Kognitiv fandagi so'nggi tadqiqotlarga asoslanib, Oukli bizning miyamiz qanday o'rganishini va bu bilimlarni o'z foydamiz uchun qanday ishlatishimiz mumkinligini tushuntiradi va samaraliroq o'rganish bo'yicha amaliy maslahatlar beradi. “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobini matematika va ilmiy ko'nikmalarini oshirishni istagan har bir inson o'qishi shart. Siz talaba bo'lasizmi, professionalmisiz yoki miyamiz qanday ishlashi haqida ko'proq bilmoqchi bo'lgan odamsiz, bu kitob sizga ilmda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli vositalarni beradi. “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobini o'qishning bir nechta afzalliklari: • Xotira va eslab qolish qobiliyatini qanday yaxshilashni o'rganasiz; • Qanday qilib kreativ fikrlashni va muammolarni samaraliroq yechishni bilib olasiz; • Kechiktirishni qanday yengish va yaxshi o'qish odatlarini rivojlantirishni o'rganasiz; • Miyangiz qanday o'rganishini chuqurroq tushunasiz. Kitobda doktor Oukli amalda ish beruvchi o'rganish sirlari haqida ma'lumot beradi – bu sirlarni hatto fidoyi va muvaffaqiyatli talabalar ham avvalroq bilishni orzu qiladi. Omma fikridan farqli o'laroq, matematika ijodiy, shuningdek, tahliliy fikrlashni talab qiladi. Aksariyat odamlar muammoni hal qilishning faqat bitta yo'li bor deb o'ylashadi, aslida esa ko'pincha turli xil yechimlar mavjud bo'ladi — ularni ko'rish uchun sizga faqat ijodkorlik kerak. Agar siz o'rganish haqida ko'nikmalaringizni oshirishga tayyor bo'lsangiz, “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobini o'qishni tavsiya qilamiz. Bu qiziqarli va ma'lumotga boy kitob bo'lib, ta'lim olish haqidagi fikringizni o'zgartirishga yordam beradi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Tabiiy fanlar va matematikaga qobiliyat tug'ma bo'lmaydi, balki orttiriladi. Miyadan foydalanish haqidagi ushbu qo'llanma matematika va tabiiy fanlarda muvaffaqiyatga erishish sirini ochishga yordam beradi. Qiyinchiliklarga duch kelgach, o'qishni tashlab ketgan ko'plab talabalarni ko'rganman. Ammo endi talabalar qo'lida yaxshiroq bilim olish bo'yicha qo'llanma bor. Bu ularning yaxshiroq natijalarga erishishiga yordam beradi, deya umid qilaman.“ — Sherli Malkom, Amerika Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasining ta'lim va inson resurslari dasturlari boshlig'i “Raqamlar uchun yaralgan idrok o'rganish jarayonini qiziqarli va mutlaqo esda qolarli tarzda tushuntiradi. Bu kitob nafaqat barcha yoshdagi o'quvchilar, balki barcha turdagi o'qituvchilar uchun klassikadir.“ — Fransez R. Spielagen, Ph.D., Direktor, O'smirlar tadqiqot va rivojlantirish markazi, Mount Sent Meri kolleji “Matematikada nafaqat qiyinchilikka uchragan yoki mutaxassis bo'lganlar uchun, balki yanada samaraliroq fikrlashni va tushunishni istagan kitobxonlar uchun ajoyib.“ — Kutubxona jurnali “Raqamlar uchun yaralgan idrok” matematika, tabiiy fanlar yoki muammo yechish asosiy o'rinda turgan har qanday sohaga qanaqa yondashish haqidagi ajoyib kitobdir.“ — J.Maykl Shonisi, Matematika o'qituvchilari milliy kengashining sobiq prezidenti “Anchadan beri kitobdan bunchalik zavq olmagandim. Talabalarga qanday bilim olish kerakligini o'rgatish barcha sohalardagi talabalarning yaxshiroq o'zlashtirishi va muvaffaqiyatga erishishini ta'minlaydi. Bu butun umrga tuhfadir.“ — Robert R. Gameyk, PhD, Loueldagi Massachusets universitetida o'quv ishlari, talabalar bilan ishlash va xalqaro aloqalar bo'yicha vitse-prezident yordamchisi “Raqamlar uchun yaralgan idrok” talabalarga ilm egariga minib olishga — chuqurroq va osonroq bilim olishga xizmat qiladi. Ushbu ajoyib kitob o'qituvchi va murabbiylar uchun ham foydali qo'llanmadir. Amerikada tabiiy fanlar va matematikani o'qitishni takomillashtirishga bo'lgan ulkan ehtiyojni hisobga olsak, “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi yaxshi topilmadir.“ — Jefri Kanada, “Harlem children's zone” tashkiloti prezidenti “Inson aql-idroki haqidagi fanga nihoyatda tushunarli muqaddima. Yaxshiroq fikrlash borasidagi amaliy tavsiyalar ham bor.“ — Jeyms Tarantou, “The Wall Street Journal” “Chiranib emas, aqlni ishlatib mehnat qilish kerak, deya maslahat berish oson, ammo Barbara Oukli o'zining tez o'qiladigan va tushunarli kitobida buni qanday amalga oshirish kerakligini ko'rsatib beradi. Unda tajribaga va ilmiy tasdig'i bor ma'lumotlarga asoslangan ko'plab tavsiyalar keltirilgan. To'g'risini aytsam, ularning ayrimlarini o'qitish uslubimga tatbiq etmoqchiman.“ — Glen Harlan Renoldz, Boushamp Brugan nomidagi unvonga ega huquq fanlari professori, Tennessi universiteti “Raqamlar uchun yaralgan idrok” matematika va boshqa har qanday sohani o'rganishga qanday yondashish kerakligini ko'rsatuvchi ajoyib manbadir. Barbara Ouklining nufuzli qo'llanmasi inson ongini o'rganuvchi fanlardagi so'nggi tadqiqotlarga asoslangan bo'lib, samarali o'rganishning aniq, lo'nda va qiziqarli yo'l xaritasini taqdim etadi. U matematikani o'zlashtirishda qiynalayotgan va bilim olish ko'nikmalarini kuchaytirishni istagan har qanday inson o'qishi shart bo'lgan kitobdir.“ — Devid S. Giri, psixologiya fanlari va fanlararo neyrologiya bo'yicha kuratorlar professori, Missuri universiteti — “Matematika va tabiiy fanlardan qo'rqadigan talabalar uchun ham, bu sohalarni sevadiganlar uchun ham ushbu qiziqarli kitob miyaning ishlash mexanizmlariga tayangan o'rganish odatlarini shakllantirish borasida yo'l-yo'riq taqdim etadi.“ — Debora Shifter, ilm- fan va matematika dasturlari bo'yicha bosh tadqiqotchi, “Education Development Center, Inc.“ Muallif haqida: Barbara Oukli — Michigan shtatining Rochester shahridagi Oklend universitetining muhandislik professori. Uning tadqiqoti Wall Street Journal tomonidan “inqilobiy” deb nomlangan. U o'qitish uslubi uchun ko'plab milliy mukofotlarga sazovor bo'lgan, jumladan, Amerika muhandislik ta'limi jamiyati Chester F. Karlson nomidagi STEM pedagogikasida ajoyib texnik innovatsiyalar uchun mukofoti va bioinjeneriya ta'limidagi namunali faoliyati uchun Teo L. Pilkington mukofotiga sazovor bo'lgan. Uning San-Diegodagi Coursera-UC kursi, Salk institutining Frensis Krik professori Terrens Seynovski bilan hamkorlikda yaratilgan “Qanday o'rganishni o'rganish” kursi dunyodagi eng ommabop ochiq onlayn kurs bo'lib, hozirgacha 2 millionga yaqin talaba tahsil oladi. Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2023

352 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 18 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше