Kitoblarimкаталог
Devona

Devona

TARJIMONDAN Qadrli kitobxon, lubnon arablaridan bo'lmish Jubron Xalil Jubron mag'rib- u mashriqda birday dongdor, birday sevimli yozuvchi, shoir, rassom va faylasuf hisoblanadi. Uning eng mashhur asarlaridan biri – "Al- Mustafo" ("The ProphYET") hamda" Qayrilgan qanotlar" qissasi, qator hikoyalari ustoz tarjimonlar tomonidan muqaddam o'zbek tiliga o'girilgan. Ammo bugungi kitobXOnlar Jubron Xalilni hali yaxshi tanimaydilar, boisi uning kulliyoti o'qirman qo'liga kitob holida deyarli yetib bormagan. Ushbu asar esa kaminaning tarjima borasidagi ilk yaxlit ishi hisoblanadi. Muallif Amerikada istiqomat eta boshlaganidan so'ng ingliz tilida yozilgan birinchi asari-" Devonaning rivoyatlari" bilan tanishar ekansiz gohi nazmga esh uslubni, goh masal va rivoyatlarga XOs qisqalikni ko'rasiz. Buning boisi shundaki, kitobning asliyatdagi nomlanishi" The Madman. his parables and poems" bo'lib," Devonaning rivoyatlari va she'rlari" tarzida tushuniladi. Uslubdagi qavariqlik, gaplardagi ayni sintaktik qoliplarning faol takrori ham shundan. Bunday" chalkashlik ” ni ko'rib ensangiz qotmasin degan istihola bilan eskartma bermoqdamiz. Ehtimolki, tarjimada bizning salohiyatimiz yetmagan qirralar topilar, ojiz qalamimizni oqlamoq niyatidan Xolimiz. Ilk ishimizda baholi qudrat ko'mak bergan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz. Kamina Jubron Xalil Jubron qalamiga mansub ko'plab nodir asarlarni tarjima qilish va qo'lingizga yetkazishni maqsad qilgan. Sizga mazkur asar va uning tarjimasi manzur kelsa, ulug' adib ijodidan qilinajak kelgusi o'girmalarimizga ruhiy qanot bo'lur edi. Shohrux Usmonov

О книге

Год издания
2024
Язык оригинала
O'zbek tili

176 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 9 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ