
Men, bolam va pul
Xalq orasida hammamizga ma'lum bo'lgan bir ibora bor: «Bola-da, esdan chiqarvoradi ...» Bola kattalar tomonidan qanchalik xafa qilinsa ham, ertasiga hech narsa bo'lmagandek yana o'sha kattalar atrofida parvona bo'laveradi. Bolalardagi bu holat biz kattalarni aldab qo'yadi, negaki biz ularni kechagi voqealarni unutib yuboribdi, deb o'ylaymiz. Aslida unday emas. Bolaning aqli unutsa ham, his-tuyg'ulari hech narsani unutmaydi. Zero, insonning bolaligi aql bilan o'rganish emas, balki his-tuyg'ular bilan shaxsiyatini shakllantirish davridir. Misol uchun, qorong'idan qo'rqish aql bilan bog'liq emas, uni ruhiyatning jarohatlanishi desak ham bo'ladi .... Yoki tirnoq tishlashni aql bilan izohlab bo'lmaydi, bu holat ruhiy zaiflikning tashqi ko'rinishi hisoblanadi. Boshqacharoq misol keltirsam, jahli chiqqan bolani aqliy nasihatlar bilan to'xtatib bo'lmaydi. Chunki uning ichki dunyosida ro'y berayotgan jarayonlar katta kuch bilan vulqondek tashqariga otilayotgan bo'ladi. Shu va yana boshqa barcha ijobiy-salbiy his-tuyg'ular bolalik chog'lardanoq shakllanib boradi. Bola erkalatilsa, erkatoy bo'ladi, hadeb ayblanaversa, o'zini aybdor deb biladi yoki u qadrlanmasa, qadrsizlik tuyg'usi bilan ulg'ayadi. E'tibor berilgan, qadrlangan bola esa aziz va qadrli bo'ladi. Bolaga baho berish unga ehson emas,balki inson sifatida uning eng tabiiy haqqi hisoblanadi. Bir so'z bilan aytsak, kelajak «Ha, endi, bola-da» deb bee'tibor bo'lmagan ota-ona va tarbiyachilar bilan bunyod bo'ladi. Adem Gunesh
О книге
- Издательство
- Akademnashr
- Год издания
- 2023
- Язык оригинала
- O'zbek tili
176 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 9 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

Ona tarbiyasi (maktabdan tashqari o'qish)
Aziz Nesin · 2019

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Как стать счастливым, ничего не делая, или Мой грандиозный план жизни
Пани Бука · 2018

Dead Souls (used)
Ian Rankin · 1999

Let it bleed (white cover)
Ian Rankin · 1996

Witch Hunt (used)
Ian Rankin · 2000

SUMO. Заткнись и делай
Пол Макги · 2016

Миф о мотивации. Как успешные люди настраиваются на победу
Джефф Хейден · 2021
Хотите узнать больше?
Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.
Подробнее у ИИ