
Hayotimiz "Kenguru"lari
250 yil avval bir ingliz sayohatchisi Avstraliyaga borgan edi. Qit'ani aylanib yurar ekan, ilgari hech ko'rmagan g'alati bir hayvonga ko'zi tushadi. Bu hayvonga qiziqib mahalliy kishi (aborigen)dan "bu nima?" deb so'raydi. Mahalliy kishi esa «Kangru» («Kangaroo») deb javob qaytardi. Sayohatchi bu hayvonning rasmini chizib, mamlakatiga qaytganida hammaga ko'rsatib, yangi kashf qilgan hayvonini ta'riflab berdi. Shu kishi sabab ko'plab davlatlar qisqa vaqtda “kenguru” haqida ma'lumotga ega bo'ldi va shu nomda atay boshlashdi. Keyinchalik Avstraliyaning mahalliy tilini o'rganishga borgan tilshunos, bu hayvon nomi boshqa so'z bilan ifodalanishini aniqlagan. Aslida, “kenguru” degani "seni tushunmadim" ma'nosini berar ekan! Hammamiz oiladan, yon-atrofdan, kattalardan ko'rib o'rganganlarimizga amal qilamiz. Sababini, ma'nosini, o'tmishini surishtirmay o'zlashtirib olaveramiz, kundalik odatlarimizga aylanib ketaveradi. Yomon tarafi ularning mohiyatini bilmasakda, "to'g'risi shu" deb qabul qilamiz, shunga ko'nikib qolganmiz. Aslida, kundalik hayotimizga ziyraklik bilan nazar solsak, bir talay “kenguru”larni ko'ramiz. Masalan, manmanlik va kibrni - o'ziga ishonch; bor puliga to'y qilishni - o'zbekchilik; buzuqlikni - erkaklik; qo'pollikni mardlik; beparvolikni- tinchlik... kabi yuzlab atamalar bilan ifodalaymiz. Inson 18 yoshga to'lgach, voyaga yetgan deb ataladi. Shuning uchun ko'p huquqlarga ega bo'ladi. Ulardan eng muhimi, mamlakatni kim boshqarishi, kimlar qonun chiqarishini belgilovchi - saylovlarda ovoz berish huquqidir. Men faqatgina umriga yil qo'shilganlarni emas. tafakkur, tahlil va “kenguru”larni ko'raolgan insonlarni voyaga yetgan deb hisoblayman. Chunki, bugun turli va farqli ma'lumotlar ko'p. Ular orasidan haqiqatni qidirish, izlash va so'roqlash qiyin. Buni faqatgina voyaga yetgan aql egalari uddalaydi. Ushbu kitob hayotimizdagi bir talay “kenguru”larni payqashda foydali bo'ladi albatta. Yoshlar... Siz kimlarni yosh hisoblaysiz? Men hayotda izlanishdan, intilishdan tolmaydigan, yuragi, qalbi uyg'oq har bir insonni yosh deb hisoblayman. Ba'zilar bor: bu dunyoda yigirma yildan buyon yashayotgan bo'lsada, o'qimayotgani, izlanmayotgani, vaqtini besamar o'tkazayotgani uchun "keksayib ketgan"... Ba'zi insonlar bor: umr bo'yi doim izlanishda, intilishda. Yoshi yetmishga to'lgan bo'lsada, intilishdan, izlanishdan tolmaydi, hamisha yosh va navqiron, yashashga chanqoq. Ushbu kitobni dunyoda sodir bo'layotgan nohaqliklar, adolatsizliklar, yolg'onlardan tush kunlikka tushmay, aksincha, orzu-umidlari va maqsadlari sari dadil intilayotgan, qalbi yorqin kelajak orzulariga to'la tengdoshlarimga - siz yoshlarga bag'ishladim! Hurmat bilan Muallif Ko'proq ko'rish
О книге
- Издательство
- Muharrir
- Год издания
- 2022
- Язык оригинала
- O'zbek tili
160 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 8 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.







