
Mening kitobim. Alifbo o'yinlari (4-5-6 yosh)
Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'ozlar hatto qalamni to'g'ri ushlolmaydigan bolalarning qo'pollik bilan chizishlariga ham dosh bera oladi, ya' ni yirtilmaydi, tilinmaydi. Shuningdek, u oson o'chirish va harflarni qayta-qayta chizish imkoniyatini beradi. Kitob haqida qisqacha: Kitobda bola ingliz tilidagi harflarning alifbo tartibini o'rganadi, bosma harflarni yozishni mashq qiladi, bosh va kichik harflar o'rtasidagi farqni eslab qoladi. Bundan tashqari, u qalam bilan ishlash ko'nikmasini mustahkamlaydi va mayda motorikani mashq qiladi. Kitob kimlar uchun? Kitob 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Yo'riqnoma: — Kichik harflar (1-12): ushbu topshiriqlarda bola kichik harflarni alifbo tartibida birlashtirib, rasm konturini chizadi va harflarni ovoz chiqarib aytadi. Topshiriqlarning ikkinchi qismida esa bola punktir chiziqlar bo'yicha harflarni aylantirib yozadi. — Bosh harflar (13-23): ushbu bo'limdagi mashqlarda bola bosh harflarni alifbo tartibida birlashtiradi. Topshiriq bajarilgach, u qiziqarli rasmga ega bo'ladi. Topshiriqlarning ikkinchi qismida bola harflarni aylantirib yozadi va ularni baland ovozda aytadi. — Bosh va kichik harflar (24-50): ushbu bo'limda bola bir vaqtda bosh hamda kichik harflarni aylantirib yozadi. Bundan tashqari, har bir sahifada katta va kichik harf bilan boshlanadigan so'zlar beriladi. Bolaga ushbu so'zlar bilan sodda gap tuzish taklif etiladi. Ushbu kitobning maqsadi va vazifalari: Bu kitob farzandingizga ingliz tili alifbosini o'rganishda yordam beradi. Harflarni tartib bilan yozish orqali u qalamni to'g'ri ushlab, harflarni chiroyli yozishni o'rganadi. Harflarni kuzatib chizish va nuqtalarni bog'lash orqali alifbo tartibini qiziqarli tarzda takrorlaydi. Kitobning ikkinchi qismida farzandingiz har bir harfning katta va kichik shaklini juft qilib mashq qiladi. Bu unga harflar juftligini eslab qolishga va yana alifboni takrorlashga yordam beradi. Shuningdek, harflar bilan bog'liq rasmlar va hayvonlar orqali u harflarning tovushi va ma'nosini tushunib oladi. Kitobdagi mashqlarning asosiy qismi — harflarni kuzatib yozish. Farzandingiz harflarning shakli va tovushini o'z tezligida o'rganadi. Har kuni bu kitob orqali farzandingiz harflarni ko'rish, tanish va nomlash imkoniga ega bo'ladi. Siz esa unga tovushlarni kundalik hayotdagi narsalar bilan bog'lashga yordam bera olasiz. Masalan, u aytgan so'zning birinchi tovushini ajratib ko'rsatib, harflarga bo'lgan qiziqishini oshirishingiz mumkin. Ko'proq ko'rish
О книге
- Издательство
- Sakura Books
- Год издания
- 2025
84 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 5 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

Hayvonot olamida ALIFBO
2025

Mening kitobim. Qofiya so'zlar
Kumon · 2025

Ajoyib labirintlar (4-5-6 yosh)
Kumon · 2025

Mening kitobim. Raqamli o'yinlar 1-150 (4-5-6 yosh)
Kumon · 2025

Men maktabga boraman. Gotovimsya k shkole. Mantiqiy Fikrlash / Logicheskoye mishleniye
Fazilat Rafiyeva · 2023

Mening kitobim. Oson labirintlar
Kumon · 2026

Mening kitobim. Oson yasash
Kumon · 2025

Mening kitobim. Rangli qalamlar bilan o'rganaman
Kumon · 2026