
Venchur zehniyati
Kitob nimani o'rgatadi: "Venchur zehniyati"ni belgilaydigan to'qqiz tamoyilni va tub o'zgarishlarga olib keladigan innovatsiyaga erishish uchun ushbu tamoyillarni qanday joriy etish mumkinligini o'rgatadi. Kimga va qachon tavsiya qilinadi: Innovatsiya va shaxsiy rivojlanish turkumiga oid ilmiy-ommabop asarlarni sevib mutolaa qiluvchi keng kitobxon ommasiga. Venchur sarmoya (VS) mablag'ini izlayotgan tadbirkorlarga: Sarmoya jalb qilish strategiyasini ishlab chiqishdan oldin o'qishlari kerak. Bu ularning VSlar bilan munosabatlariga oid realistik umidlarni belgilashga yordam beradi. Yirik davlat va nodavlat tashkilotlarida innovatsiyaga mas'ul fikr yetakchilariga: Innovatsion yondashuvning yangi usullarini jiddiy izlayotgan va ularga chinakam ochiq bo'lgan rahbarlar o'qishlari kerak. Kitob ularga VS tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan innovatsion startaplar yirik kompaniyalarning an'anaviy ishlash usullaridan qanchalik tubdan farq qilishini, bu tamoyillarni amalga oshirish qanchalik qiyin bo'lishini va bu harakatlarning nima uchun o'zini oqlashi mumkinligini tushunishga yordam beradi. Ilya va Alex kitobini nafaqat ma'lumot beruvchi va foydali tarzda yozishgan, balki uni o'qish zavqli bo'lgan asarga aylantirishgan. Asarda mualliflarning saboqlarini amaliyotga joriy etishda yuzaga kelgan hayotiy hikoyalar ko'p. Kitob to'qqizta aniq va esda qolarli tamoyil atrofida yuqori darajada tuzilgan; xulosalari ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Maqsadli auditoriya amalga oshirishi mumkin bo'lgan aniq tavsiyalar sanab o'tilgan. Boshqa ko'plab asarlarda bosqichma-bosqich innovatsiya joriy etish yirik kompaniyalar va davlat tashkiloti organlari uchun qiyinchilik tug'dirish haqida aytilgan bo'lsa-da, ularning hech birida bu qiyinchiliklarni yengib o'tishning usullari haqida gap bormaydi. “Venchur zehniyati” asari esa innovatsiyalarni tatbiq etishda yirik tashkilotlarning resurslar, mijozlar va xizmat ko'rsatish ko'lamiga ko'ra startaplardan ustun ekanligi tushuntirib beriladi. Shuningdek, har bir kitobxon, talaba yoki oddiy insonlar kitobda keltirilgan 9 tamoyil orqali hayotini rejalashtirishi mumkinligini ko'rsatib beradi. Kitob Muqaddima, har biri venchur zehniyatini izohlab beruvchi to'qqizta tamoyillarning biriga bag'ishlangan to'qqizta bob va xulosadan iborat. Kitobdagi har bir bob 9 tamoyildan birini batafsil ochib beradi. Har bir bob VSlar va ular qo'llab-quvvatlagan venchur tashabbuslari, shuningdek, mualliflarning o'qitish va konsalting tajribalarida boshidan o'tkazgan hikoyalarni o'z ichiga oladi. Ko'pgina boblarda mualliflar yoki boshqa olimlar tomonidan o'tkazilgan batafsil tadqiqotlarga tushuntirib beriladi. Mualliflar Venchur zehniyatining an'anaviy tashkilotlar ishlash usulidan qanchalik sezilarli darajada farq qilishini ko'rsatib beradi. Shuningdek kitobda “Venchur zehniyati”ni tatbiq etish uchun aniq tavsiyalar va amaliy so'rovnoma mavjud.
О книге
- Издательство
- Gutenberg nashriyoti
- Год издания
- 2025
- Язык оригинала
- O'zbek tili
320 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 16 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

SOS! Savol ortidagi savol
Jon G. Miller · 2021

Samaradorlikning 21 yo'li
Brayan Treysi · 2020

Stiv Jobs
Uolter Ayzekson · 2019

O'lsang, kim yig'laydi?
Robin Sharma · 2023

Alif
Paulo Koelo · 2020

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Как стать счастливым, ничего не делая, или Мой грандиозный план жизни
Пани Бука · 2018

Dead Souls (used)
Ian Rankin · 1999
Хотите узнать больше?
Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.
Подробнее у ИИ