Kitoblarimкаталог
Factfulness
Художественный перевод

Factfulness

Mashinangizda GPS ishlatsangiz, u to'g'ri ko'rsatishi muhim hisoblanadi. Agar u siz tur­gan emas, balki boshqa shaharni ko'rsatayotgan bo'lsa, ta­biiyki unga ishonib harakat qilmaysiz. Chunki bu bi­lan noto'g'ri manzilga borib qolishingizni bilasiz. Shunday ekan, noto'g'ri faktlarga suyanib ish ko'radigan qonun chiqaruvchilar va siyosatchilar qanday qilib global muammolarni hal etsin? Dunyoqarashlari ostin-­ustun bo'lib yotgan biznesmenlar qanday qilib tashkilotlari uchun oqilona qaror chiqarsin? Hayot yo'lida ketayotgan har bir inson nimadan tashvishga tushib, nimadan xavo­ tirlanishi kerakligini qanday bilsin? Hans Rosling, Ola Rosling, Anna Rosling Ryonnlund: Factfulness. Dunyo haqida yanglish fikrlashimizning o'n sababi - nega u biz o'ylagandan yaxshiroq Faktdorlik - stressni yumshatuvchi, faqat kuchli faktlarga tayanib fikrlash odatidir. Dunyoda qancha kambag'al bor, aholi soni nega o'smoqda, qizlarning qanchasi ta'lim olmoqda singari muhim global o'zgarishlar haqidagi oddiy savollarga odatda xato javob eshitamiz. Shu qadarki, javoblarni ixtiyoriy tanlaydigan shimpanze ham o'qituvchilar, jurnalistlar, Nobel mukofoti laureatlari va bankirlardan to'g'riroq javob bera oladi. “ Factfulness ”da xalqaro sog'liqni saqlash bo'yicha professor va global TED ma'ruzachisi Hans Rosling ikki hamkori - Anna va Ola bilan birgalikda buning sababini yangicha yo'sinda izohlaydi. Ular bizni adashtiruvchi o'nta instinktni ochib bergan. Barcha nuqsonlariga qaramay, dunyo biz o'ylagandan ancha yaxshiroq holatdadir. Bu xavotirga hojat yo'q degani emas, albatta. Biroq faktlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish o'rniga doim har narsadan xavotirlanaversak, tahlikaliroq narsalarga diqqat qarata olmaymiz. Qiziq va ta'sirli hikoyalarga boy, ilhombaxsh va xatolarni fosh qiluvchi “ Factfulness ” dolzarb kitob bo'lib, qarashlaringizni isloh qilib, kelgusi inqiroz va imkoniyatlarga tayyorlaydi. Tarjimon: Ziyodaxon G'ulomova Muharrir: X. Yo'ldoshev Musahhihlar: Y. Mahmudov, U. Abdusalomova, D. Haydarova Dizayner: A. Umarova Sahifalovchi: U. Abdusalomova Kitob haqida OAV va mashhurlar: "Men o'qigan kitoblar orasida eng muhimlaridan biri. Dunyo haqida tiniq fikrlash uchun zarur qo'llanma." - Bill Geyts, Microsoft kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri "Xalqaro sog'liqni saqlash eksperti Hans Roslingdan ajoyib, haqiqatga bor, kelajakka umid beruvchi kitob. Kitob bizni o'zimizga xos bo'lgan noto'g'ri fikrlardan ko'ra faktlarga asoslanib ishlaganimizda insoniyat taraqqiyoti potentsiali haqida o'ylab ko'rishga majbur qiladi." - Barak Obama, AQSHning sobiq prezidenti "Hans Rosling "insoniyat taraqqiyotining pinhoniy mo'jizasi" haqida imkon qadar hikoya qiladi. Ammo “ Factfulness ” shundangina iborat emas. U taraqqiyot nega pinhoniy kechishini izohlaydi va o'quvchiga uni tiniq ko'rishni o'rgatadi." - Melinda Geyts, tadbirkor, Geyts fondining asoschilaridan biri “Ajoyib... ehtirosli va bilimlarga bor. U muallif endi bu dunyoda yo'qligi uchun yanada ta'sirchan... Uning taqdimot qilish qobiliyati va statistikadan zavqlanishi har bir sahifada uchraydi. Yana kim insoniyat taraqqiyotining ko'rsatkichi sifatida "aholi jon boshiga gitara" jadvalini tanlaydi?" - Financial Times nashri Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2022

340 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 17 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Издания (2)

Asaxiy · 2022

Перевод: Ziyoda G'ulomova

ISBN:
9789943231955
Язык:
O'zbek tili
Письменность:
Kirill
Страниц:
340
Переплёт:
Fleksibl
Формат:
A5

— · 2020

ISBN:
9781473637467
Язык:
Ingliz tili
Письменность:
Lotin
Страниц:
352
Переплёт:
Qattiq
Формат:
A5

Что почитать дальше