
Men - Maryam
“Men Maryam” asari hayotiy voqealar asosida yozilgan bo'lib, ayol taqdiri, jamiyat bosimi va orzular yo'lidagi kurashni chuqur psixologik ruhda yoritadi. Asar olis bir qishloqda, ilmdan yiroq, qadriyatlari tor doiradan chiqmagan oilada tug'ilgan Maryamning hayoti bilan boshlanadi. Qiz farzand tug'ilgani uchun g'ururi poymol bo'lgandek his qilgan ota nafaqat qizining kelajagi, balki unga ism qo'yishni ham o'ziga munosib bilmaydi. Ana shu beparvolik, sovuqqonlik va jamiyat qarashlari Maryamning butun umriga soya soladi. Ammo qishloq tutumlaridan boshqa “haqiqat”ni tan olmaydigan muhitda ulg'aygan qiz qalbida ilmga, o'qishga bo'lgan ishtiyoq qanday paydo bo'ladi? U orzulari sari intilish uchun nimalardan voz kechadi, nimalarga dosh beradi? Asar davomida o'quvchi Maryamning orzulariga, umidlariga va iztiroblariga sherik bo'ladi. Uning ichki kechinmalari, sukut ortidagi faryodi, jamiyat va taqdir bilan kurashi har bir sahifada ta'sirli tarzda ochib beriladi. Bu asar ayolning nafaqat zaifligi, balki sabri, irodasi va ichki kuchini ham namoyon etadi. Savollar ko'p: — Ayolning orzulari nega ko'pincha qurbon bo'ladi? — Ilm va erkinlikka intilish gunohmi? — Sabr najotmi yoki majburiyat? Bu savollarning javobini esa o'quvchi kitob sahifalaridan topadi.
Book details
- Publisher
- Bukhara Books
- Publication year
- 2026
256 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 13 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Yolg'onlar shahri (18+)
Ramita Navai · 2020

Chirog'i porlagan uy
Elchin Safarli · 2020

Seni va'da qilgandi hayot
Elchin Safarli · 2021

Al-Mustafo
Jubron Xalil Jubron · 2024

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more