«Mukammal kun» sizni ikki kuni bir-biriga o'xshashini istamagan qizning hikoyasiga yetaklaydi. Kitobni varaqlar ekansiz, asar qahramonining o'zi bilan suhbatiga, savol-javobiga guvoh bo'lasiz, uning ichki ovozini eshitasiz. Vaqti-vaqti bilan muallifning ham o'quvchilar bilan suhbatlashganini, ora-sira tanaffusda ibratomuz ma'lumotlar ulashganini ko'rasiz.