Kitoblarimcatalogue
Diyonat

Diyonat

Diyonat” romani ijtimoiy talqin ustuvorlik qilgan asar hisoblanadi: “Mingbuloqdan keladigan bir ariq suv dam oftobda kumushday yarqirab, dam ariq tagidagi giyohlar rangida ajib tovlanib, daryoday hayqirib oqmoqda edi. Haydar ariqqa yetmasdanoq kiyimlarini yechib, bedazorga otib yubordi-da, hurkak otday oldindan dir-dir titrab, o'zini suvga otdi. Muzday buloq suvi a'zoyi badanidan o't chiqarib yuboribdiki, u jonholatda suvda o'ynoqlab, o'zini u qirg'oqdan-bu qirg'oqqa otdi, lekin zum o'tmay tanasi suvga o'rganib, allaqanday tinchib qoldi. U tol shoxini ushlab, suvda chalqancha tushib yotdi-da, ko'zini yumdi. Nazarida, go'yo suv emas, kimningdir muloyim qo'li uning horg'in tanasini mehr bilan silayotganday, har bir hujayra, har bir asab tolasiga orom berib, sevib silayotganday tuyuldi. Qahramon hayoti bilan davr voqeligining o'zaro ziddiyati asar falsafasini – diyonat, or-nomus, iymon-e'tiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilg'ab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o'zaro murosasiz jang, shaxs o'zligini anglashga da'vat etadi. " Muallif tabiat manzarasini tahlil markaziga olib chiqadi. Parchada o'ziga xos mazmun kasb etib, unda qahramon ichki dunyosi, yashash maydoni va falsafiy dunyoqarashi aks ettiriladi. Haydar obrazi tadrijiga nazar tashlasak, uning hayot yo'li o'zgachaligi ko'zga tashlanadi. Bo'lajak olim to'q oilada voyaga yetadi. Uning otasi Otaqo'zi millioner raislardan biri. Qalbi faxr va g'ururga to'la yigitcha tog'asi Normurod Shomurodovni dastavval uncha tushunmaydi. Ko'ngliga ishq olovi tushgan personaj turmush mohiyatiga kirib borgan sayin domlani anglay boshlaydi. Aslida qahramonda yuzaga kelgan evrilish tashqi voqelikka bo'lgan munosabat shaklida aniqlik kasb etadi. Tevarak-atrofda ro'y berayotgan hodisalar uni o'ylashga, fikrlashga majbur etadi. Endi u ilgari faxrlanib yurgan otasi boshi berk ko'chaga kirib qolganligini anglaydi. Biroq endi tavba va tazarruga o'rin yo'q! Muallif qabariq tasvir prizmasida inson idrokini band etgan ijtimoiy-ruhiy muammolarni ko'ndalang qo'yadi. Xotiralar dinamikasida qayta tiklangan imkoniyat asar leytmotivini tashkil qiladi. Adib yo'l qo'yilgan kamchiliklar, adashishlarni mantiqan aniq tasvirlaydi. Lekin baholashni emas, inson dunyoqarashidagi evrilishlarni ko'rsatishni birinchi planga chiqaradi.

Book details

Publisher
Qaldirg'och
Publication year
2024
Original language
O'zbek tili

376 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 19 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more