
Nurli dunyo · 2026
- ISBN:
- 9789910847141
- Language:
- O'zbek tili
- Script:
- Lotin
- Pages:
- 672
- Binding:
- Qattiq
- Format:
- A5

"Rost bilan yolg'onning o'rtasi - to'rt enlik", degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko'p emas, to'rt enlik ? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi - to'rt enlik ekan . Eshitganingga emas,ko'rganingga ishon... Maqsad - shu. Bu kitobdagi ko'p odamlarni o'zim ko'rganman. Ko'plari bilan gaplashganman. Ba'zilarining o'zi bilan, ba'zilarining... ruhi bilan... Ba'zilari nimani gapirgan bo'lsa, shuni qog'ozga tushirdim. Ba'zilari nima gapirganini emas, nima o'ylaganini yozishga majbur bo'ldim. (Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolg'on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini o'ylaydi.) Xullas, bu savdolar ko'p yillar davomida ko'p kishilarning boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish - sizlarga havola... Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam bo'lmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda fojia ko'payibroq ketmadimikan, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo, hayot- nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa o'yin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan bir yarim millioni bizning o'zbeklar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilarning joniga chang solib qolmadi. minglab chaqirim naridagi odamlarni ham sinovdan o'tkazdi. Negaki, biz bir xonadon a'zolarimiz. Mushkul damlarda imonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga o'rnak bo'lsa ne ajab ! E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o'z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat'i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, vatani taqdiri bilan bog'lagan, farzandidan ayrilgainida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo'lgan boshqa sababni o'zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg'ulari bilan bezamoqchi bo'lgani holda urush hukmiga tobe bo'lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so'ng bugungi o'tayotgan tinch -omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin. Ko'proq ko'rish
672 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 34 days.
Finish this book in TelegramKitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterNo reviews of this book yet.
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Nurli dunyo · 2026
Nurli dunyo · 2025

Nurli dunyo · 2023
Global Book · 2023
Yangi Asr Avlodi · 2021
Boshqa nashriyotlar kitoblari · 2019
Boshqa nashriyotlar kitoblari · 2018
O'tkir Hoshimov · 2018
O'tkir Hoshimov · 2024
O'tkir Hoshimov · 2019
O'tkir Hoshimov · 2025

O'tkir Hoshimov · 2022

O'tkir Hoshimov · 2018

O'tkir Hoshimov · 2023

O'tkir Hoshimov · 2022