Hilol-nashr · 2024
- ISBN:
- 9789943703490
- Pages:
- 104

Bandalariga moliyaviy muomalalarni halol yo'llar bilan amalga oshirishni va harom yo'llardan chetlanishni amr qilgan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin! Ummatlariga moliyaviy muomalalarni batafsil tushuntirib, ularni qanday amalga oshirishni ko'rsatib bergan mahbub Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotlar va durudlar bo'lsin! Qadimgi fuqaholarimiz ushbu «Bozor va unga bog'liq masalalar» deb atayotgan kitobimizda keladigan masalalarga oid bobni «Kitobul bay'i» – «Savdo kitobi» deb atashgan. Har bir inson turmush taqozosi ila hayotida doimiy ravishda moliyaviy muomalalarga duch keladi va bu muomalalarda ishtirok etadi. Ayni shu muomalalar odamlarning ko'p vaqtini va faoliyatini o'z ichiga oladi. Moliyaviy muomalalar tartibga solinmasa, ularning qoidalari bo'lmasa, kishilar orasida kelishmovchiliklar ko'payishi aniq. Shuning uchun ham Alloh taolo bu ishni O'z zimmasiga olgan va umumiy ta'limotlarni bayon qilib bergan. So'ngra Payg'ambarimiz alayhissalom orqali bu ishlarning tafsilotini yo'lga qo'ygan. Shu tariqa savdo sotiqqa oid islomiy hukmlar musulmonlar hayotiga tatbiq qilingan. Islomdan oldingi davrdagi bu borada shakllangan noto'g'ri hukmlar birin-ketin bekor bo'la boshlagan. Keyinchalik fuqaholarimiz ushbu mavzuda kelgan oyat va hadislardan chiqadigan hukmlarni tartibga solib, ijtihod darajasiga yetmagan musulmonlar uchun ularga yordam tariqasida osonlashtirib, tushuntirib berishgan. Hozirgi kunimizda odamlar orasida moliyaviy muomalalarda turli kelishmovchiliklar, urush-janjallar va mahkamabozliklar chiqayotgani hech kimga sir emas. Bu kabi noxush holatlarni kamaytirish uchun nima qilish lozim? Bizningcha, shariatimizda ko'rsatilgan ta'limotlarni yaxshilab o'rganib, ularga amal qilish zarur.
104 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 6 days.
Finish this book in TelegramKitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterNo reviews of this book yet.
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Hilol-nashr · 2024

Hilol-nashr · 2020

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2022
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more