Kitoblarimcatalogue
Back to books
Garri Potter va Qaqnus ordeni
Literary translation

Garri Potter va Qaqnus ordeni

Yozgi ta'tilning dastlabki oyini sehrgarlar olamidan narida, magl qarindoshlari -Dursllarning uyida, qamoqda o'tirganday dunyobexabar o'tkazayotgan Garri bilan uning bezori xolavachchasi Dudliga kutilmaganda dementorlar hamla qiladi. Tabiiyki, Garri dementorga qarshi qo'llaniladigan, sehr-joduning eng oliy darajasiga mansub afsunlar turkumiga kiradigan, Himoyachi afsunini qo'llashga majbur bo'lib, o'zi bilan dementor o'rtasidagi to'siq vazifasini o'taydigan moddiy tusga ega Himoyachisini hosil qiladi. Biroq uning ushbu ishi 1875-yilda qabul qilingan "Balog'atga yetmaganlar orasida sehrgarlik faoliyatini oqilona cheklash to'g'risidagi dekret"ning qo'pol ravishda buzulishi sifatida tasniflanib, Sehrgarlik vazirligi tomonidan intizomiy jihatdan muhokama qilinadi va Dambldorning himoyasi hamda Dursllarning mushukboqar qo'shnisi, endi aniqlanishicha, tabiatan shvax bo'lgan Arabella xonim Figgning guvohligi ila oqlanadi. Shuningdek, Garri yozgi ta'tilning qolgan qismini Londonning Pinhoniylik maydonida o'tkazib, Voldemortga qarshi kurash olib boradigan, Yovuz Lordning rejalari hayotga tatbiq etilishi, dahshatli niyatlarning amalga oshishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rib boradigan Qaqnus ordeni va uning faoliyati bilan tanishadi. Bu yil maktabga sehrgarlik vazirining katta o'rinbosari Dolores Jeyn Ambrij yovuz kuchdan himoya fanining yangi o'qituvchisi sifatida ish boshlaydi. Keyinchalik "Xogvars"ning bosh inspektori etib tayinlangan ushbu baqa-ayol bilan Garrining o'rtasida kechgan keskin munosabatlar,bolaning Ichki ko'rishday kechgan tushlari, unda dam Yovuz Lordning iloni Nagayna, dam Voldemortning ko'zi ila turli hodisalarni kuzatib borishi, Dambldor armiyasiga asos solinib, Garrining ushbu yashirin jamiyatdagi faoliyati, Sehrgarlik vazirligining Sirli sehr bo'limi tasarrufidagi Bashoratlar zalida shisha idishda saqlangan bashorat uchun kurash kabi hodisalar "Garri Potter" romanlari turkumining mazkur beshinchi qismida bayon etilgan.

Book details

Publication year
2019

944 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 48 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more