Kitoblarimcatalogue
Back to books
Kelmasang ham kutaman
Literary translation

Kelmasang ham kutaman

Berkutay Soysal Turkiyaning ma'lum va mashhur yozuvchilaridan biri bo'lib, asarlari o'quvchilar tomonidan intiqib kutiladi hamda sevib o'qiladi. Yozuvchining mazkur asari o'ziga xos jozibasi, ifoda uslubi, insonning eng nozik va nafis tuyg'ularini ta'sirchan bayon etganligi bilan ajralib turadi. - Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir kun kelib ketishi mumkinligi hatto tushingizga ham kirmagan insonning ortidan qo'l silkitib qolganmisiz? Men kelmaganni kutaman, uzoqdagi insonni sog'inaman va azoblanganim sari yana-da ko'proq sevaman. Men ham ketmoqchi bo'lganlarni to'xtatib qolishga urindim. Yo'lini to'sib «Meni tashlab qayerga ketmoqchisan?» deb siquvga oldim. Biroq bundan hech narsa o'zgarmadi. Ketishga qaror qilganni to'xtatib bo'lmas ekan. Ehtimol, vaqtincha to'xtatishing mumkindir, ammo baribir qo'lingdan chiqib ketadi. Alal oqibat men ham bu haqiqatga o'zimni moslashtirdim, o'sha kundan boshlab tark etganlarni va sira qaytib kelmaydiganlarni kutishni boshladim. Kelmasligini bilib turib kutdim. Kutish bu - o'z joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yana-da mahkamroq bel bog'ladim. Berkutay Soysal

Book details

Publisher
Factor Press
Publication year
2021

160 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 8 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more