Kitoblarimcatalogue
Back to books
Dunyo yanada odil bo'lishi mumkin

Dunyo yanada odil bo'lishi mumkin

Umuman, dunyoda bugun siyosiy kitoblarga, siyosatchilarning asarlariga qiziqish katta. Rejep Tayyip Erdog'an ushbu kitobida global siyosat, ayniqsa, dunyoning yetakchi mamlakatlari yuritayotgan siyosat, qochqinlar masalasi, xalqaro terrorizm va islomga qarshi muammolarga to'xtalgan. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining qonuniylik, funksionallik, ta'sirchanlik, qamrab oluvchilik, vakillik va boshqaruv muammolariga hamda BMT Xavfsizlik Kengashida keng qamrovli islohot o'tkazish zarurligi haqidagi fikrlarini qalamga olgan. Xususan, kitobda quyidagi satrlarni o'qish mumkin: «Bolalar o'ldirilayotgan dunyoda hech kim begunoh emas». “Shafqat qahat bo'lib turgan zamonda bizlarga adolatning timsoli, vijdonlarning ovozi bo'lishdek mas'uliyat tushmoqda”. “Bizning tafakkurimizga ko'ra, dunyoning muvozanati, ozodligi va baxtiyorligi adolat bilangina qoimdir. Dunyoning yana-da adolatli bo'lishi uchun ham umid va ishonch beruvchi dunyoviy tizimga ehtiyoj bor. Barcha kamchiliklariga qaramay, zaruriy islohotlar o'tkazilsa, BMT tuzilmasini bu boradagi eng maqbul tashkilot sifatida qabul qilish mumkin degan fikrdamiz”. “Adolat, huzur, ishonch, barqarorlik faqatgina ma'lum mamlakatlarda yashagan insonlarning haqi emas. Dunyomizda yashayotgan 7-8 milliard insonning har biri bu huquqqa, imkonlarga ega bo'lishi kerak. Ma'sum bolalarning, ayollarning, insonlarning qoni nopok siyosiy hisob-kitoblar tufayli oqishda davom etgani sari insoniyatning vijdoni huzur topmaydi, topa olmaydi ham”. “Adolat butun jamiyatlar uchun umumiy qadriyat hisoblanadi. Madaniyat, tamaddun va dinga ajratmasdan barcha ijtimoiy va siyosiy tizimlar adolatni markazda tutuvchi tuzumni bunyod etishga harakat qilishgan”.

Book details

Publication year
2022
Original language
O'zbek tili

192 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 10 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more