Kitoblarimcatalogue
Back to books
Intensiv olma yetishtirish

Intensiv olma yetishtirish

Qo'llanma bog'ning ilk yillaridan qanday qilib olma daraxtlarida mevali novdalarni va shox-shabbani shakllantirish, yuqori hosildorlikka erishish, sifatli va mo'l meva yetishtirish mavzularini keng yoritib beradi. Jumladan, dunyoda eng keng yetishtiriladigan va sevib iste'mol qilinadigan hamda O'zbekistonda ham yetishtirilishi ommalashib borayotgan Fuji (Fuji apple variety) navi haqida to'liq ma'lumotlar berilgan. Qo'llanmadagi ma'lumotlarning ko'p qismi urug'li meva daraxtlari fiziologiyasidan olingan. Bog'da qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar urug'li va danakli mevalarga ham taalluqli hisoblanadi. Ushbu tadbirlarni bog'da muvaffaqiyatli qo'llash uchun urug'li mevalarning o'sishi va meva tugish xususiyatlarini yaxshi tushunish talab etiladi. Meva yetishtirishning kaliti bu - mevali daraxt o'sishi va hosil tugishi o'rtasidagi muvozanatni to'g'ri boshqarishdir. Ushbu qo'llanma intensiv olma bog'i va umuman, olma yetishtirish bilan shug'ullanuvchi agronom, shuningdek bog'bonlar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmani tayyorlashda avstraliyalik olim Bas van den Endening ruxsati bilan «Intensiv olma yetishtirish» nomli kitobining ingliz tilidan tarjimasidan va rasmlaridan foydalanildi. Kitob muallif Shuhrat Abrorov tomonidan kengaytirilib, O'zbekiston sharoitiga moslashtirilgan hamda O'zbekiston intensiv bog'larida oxirgi 12 yil mobaynida yig'ilgan tajriba va rasmlar bilan boyitilgan. Olma navlarining rasmlarini taqdim etgani uchun «Norchontol» ko'chatchilik xo'jaligiga o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Qo'llanmadagi barcha ma'lumotlar ilmiy izlanishlar va tajribaga asoslangan hamda yaxshi maqsadni ko'zlab tayyorlangan. Qo'llanma mualliflari berilgan ma'lumotlarni amalda qo'llashdan kelgan zararga javobgar emas. JICA tashkilotiga qo'llanmani tayyorlashda ko'mak ko'rsatganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Book details

Publisher
Baktria press
Publication year
2019
Original language
O'zbek tili

256 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 13 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more