
Uning ko'zlari
Buzurg Alaviyning ushbu asari sevgi, iztirob va ijtimoiy adolat orzusi uyg'unlashgan adabiy shohasardir. Asar ilk bor 1952 yilda nashr etilgan bo'lib, bugunga qadar fors adabiyotining eng muhim klassik namunalaridan biri sifatida o'qilib kelinmoqda. Roman o'quvchini XX asrning avvalgi o'n yilliklaridagi Eron jamiyati, siyosiy bosimlar va yashirin kurashlar sahnasiga olib kiradi. Asar jamiyatda ziyolilarning mas'uliyati, ayollarning ichki dunyosi va erkinlik yo'lida- gi intilish mavzularini o'z ichiga oladi. «Uning ko'zlari» - nafaqat shaxsiy qismat haqidagi roman, balki butun bir davr ruhiyatini, inson orzulari va iztiroblarini o'zida mujassam etgan asar. Eron taraqqiyparvar yozuvchisi Buzurg Alaviy 1904 yil 2 fevralda Texronda tug'ilgan bo'lib, uning nomi nafaqat o'z vatanida, balki dunyoning ko'p mamlakatlarida mashxurdir. U dastlab Germaniyada ta'lim olib, so'ng Eronga kaytib, ijodiy faoliyatini boshlaydi. Lekin 50-yillarning oxiriga kelib Germaniyaga ko'chib ketadi va Berlin universitetida dars bera boshlaydi. Buzurg Alaviy 1997 yil 17 fevralda Berlin shahrida vafot etadi. «Uning ko'zlari» romani demokratik harakatga va yashirin ozodlik yo'lidagi faoliyatga bag'ishlangan. Asar qahramoni Mokon irodasi mustahkam, tanlagan yo'lidan kaytmas, qiyinchiliklardan cho'chimaydigan sardor. Romanning ikkinchi qahramoni Farangis esa boy xonadon vakili bo'lib, hayotda o'z o'rnini topa olmaydi. Mokonga bo'lgan qattiq va samimiy muhabbati tufayli u ham ozod- lik harakatiga qo'shiladi va bu yo'lda o'zini fido qiladi. Asar boy uslubda, shirin tilda va yuksak did bilan yozilgan.
Book details
- Publisher
- Nasim Kutub
- Publication year
- 2025
- Original language
- O'zbek tili
320 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 16 days.
In the Kitoblarim bot: 1 reading
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Речи, изменившие мир – Черчилль
Апанасик В · 2022

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011

The Workhouse Girl (used)
Dilly Court · 2013

Bec
Darren Shan · 2007

Bill Bailey's daughter (used)
Catherine Cookson · 1989
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more