
Yashil mil
"Yashil milya" nimani bildiradi? Nega adib bu asarni shunaqa nomlagan? Gap shundaki, AQSHda 1890-1976-yillarda juda xavfli jinoyatchilarni elektr kursida qatl etish qonunan amalda bo'lgan. Bunday mahbuslar aynan elektr kursi joylashgan xonaga juda yaqin kameralarda saqlangan. Bu kameralar bilan elektr kursi joylashgan xonaning oralig'ida masofa mahbuslar tilida “milya”, - "Ajal yo'lagi" deb atalgan. Adib ham ushbu asarini aynan shu ma'noda "Yashil milya" "Yashil ajal yo'lagi" deb atagan. Ushbu roman "Sovuq tog'"da- hozirgi "Jorjiya Payns" qariyalar uyida istiqomat qiluvchi Pol Ejekombi - Luiziana jazoni ijro etish muassasasining sobiq nazoratchisi - tilidan aytilgan. Pol do'sti Eleyn Konneliga 50 yil oldin sodir bo'lgan voqealar haqida gapirib beradi. Asar o'sha davrdagi ijtimoiy vaziyatni yorqin ifodalab beradi. Asarni o'qish davomida do'stlik, adolat, sevgi-muhabbat, rahm-shafqat, haqiqat uchun kurash, ijtimoiy tengsizlikning insonlarga qanday ta'sir o'tkazishiga guvoh bo'lasiz! Pol Ejekombi bu hikoyani aytib berayotganda necha yoshda edi va nega u bunchalik uzoq umr ko'rgan? Pol Ejekombini mahbuslar nega hurmat qilishadi? Persi ismli xodim mahbuslarga nega zulm o'tkazaveradi? Persining mahbus Delakruaga qanday xusumati bor edi? "Paroxodchi Villi" - "Janob Jingls" nomli sichqon mahbuslar hayotida qanday o'rin tutadi? Jon Koffi nega elektr kursida qatl etilishiga hukm qilinadi va unda boshqalardan ajralib turuvchi qanday fazilat bor? Jon Koffi qanday qilib qamoqxona xodimlariga ta'sir o'tkazgan va uning taqdiri qanday yakunlangan? Pol Ejekombi va qamoqxona boshlig'i Mursning xotini - Melinda qanday kasallikka chalinishgan edi va ularni kim davolagan? Asarni o'qish davomida ushbu savollarga javob topasiz!
Book details
- Publisher
- Ilm-Ziyo-Zakovat
- Publication year
- 2026
- Original language
- O'zbek tili
464 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 24 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more






