
Graf Monte-Kristo (Asaxiy Books) (2ta kitob)
Graf Monte-Kristo (2 qismli to'liq to'plam) “Graf Monte-Kristo” – endi asl holida! Qayta tahrir qilingan. To'liq. Senzurasiz. Premium sifatda. Aleksandr Dyumaning eng mashhur asari - "Graf Monte-Kristo" sizni sabr, xiyonat, sadoqat, qasos va umid bilan to'la hayajonli sarguzashtga chorlaydi. Endi siz bu betakror asarni ikki jildlik mukammal to'plamda o'qishingiz mumkin! "Graf Monte-Kristo"ning ildizi Aleksandr Dyumaning politsiya qaydnomalarini ko'zdan kechirayotib, o'ta qiziq bir jinoyat tavsifiga duch kelishidan boshlangan. Jinoyat bilan tanishgandan so'ng yozuvchi boy tasavvurini ishga solib, ushbu syujetni rivojlantirgancha "Graf Monte-Kristo" nomli qiziqarli romanga aylantiradi. 1846-yildan beri millionlab kitobsevarlarning qalbini zabt etgan bu asar sizga ham yoqishi shubhasiz. Kitob nima haqida? Yosh va istiqbolli dengizchi Edmond Dantes do'stlari xiyonati bois nohaq qamoqqa tashlanadi. O'zining qamalishi sababidan ham bexabar mahbus qamoqda ilm, donolik va ruhiy quvvat bilan qurollanadi. Bir kuni beqiyos bilim, cheksiz xazina va kuch-qudrat egasi sifatida ozodlikka chiqib, jamiyatga yangi qiyofada - Graf Monte-Kristo sifatida qaytadi. Ammo bu qaytish odatiy holat bo'lmaydi. U sobiq do'stlarining haqiqiy yuzini fosh etib, adolat o'rnatishga qaror qiladi. Mutolaa jarayonida fitna qurboni bo'lish va ayni damda iroda va sabr bilan o'zgarish qilish mumkinligiga guvoh bo'lasiz. Shu bilan birga, ruhiy rivojlanish insonni qanchalar yuksaltira olishini bilib olasiz. Qamoqda chirishga mahkum etilgan yigitning oddiy dengizchi sifatida emas, balki badavlat va aqlli graf qiyofasida qaytishi nimani o'zgartiradi? Donolik, boylik va aql bilan qurollangan bu inson qasosi qanday bo'ladi? Bu jarayondan kitobxon qanday saboq olishi mumkin? Barchasini tahrir qilingan, izohlar bilan boyitilgan ushbu asar mutolaasi orqali bilib olishingiz mumkin. Nima uchun bu kitobni o'qishingiz kerak? ▪️ Eng mashhur klassik adabiyotlardan biri ▪️ Qiziqarli syujeti sizni o'ziga bog'lab qo'yadi ▪️ Aleksandr Dyumaning o'lmas adabiyot durdonasi ▪️ Nafaqat o'qish, balki his qilish mumkin bo'lgan kitob ▪️ Inson sabri va umid haqida eng kuchli asarlardan biri ▪️ 2 qismli to'plam - asarning to'liq, hech qanday qisqartirishsiz original versiyasi Bu kitob sizni insonning ichki kechinmalari, to'satdan paydo bo'lgan fojialar va birdan yuzaga chiqqan umid bilan yuzlashtiradi. Har bir voqea kitobxonni "Men uning o'rnida bo'lganimda nima qilardim?" degan savol bilan o'ylantiradi. Voqealar rivojida sarguzashtdan tashqari do'stlik va muhabbat, siyosat va tarix, falsafa va axloqiy masalalarga ham duch kelasiz. Asaxiy Books nashri nimasi bilan farq qiladi? ✅ Original matnga sodiq ✅ Senzurasiz va to'liq shaklda ✅ Sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o'tgan ✅ Izohlar bilan boyitilgan va qayta tahrirlangan ✅ Estetik ko'rinish, sifatli qog'oz va zamonaviy muqova ✅ Ikkita jildlik to'liq kitob - kolleksiya yoki sovg'a uchun ideal Agar hali "Graf Monte-Kristo"ni o'qimagan bo'lsangiz, bu asar siz uchun hayot, iroda va inson qalbining eng nozik jihatlarini ochib beruvchi hayotiy dars bo'ladi. O'qigan bo'lsangiz, qayta o'qishga arziydi - bu safar to'ldirilgan, izohlar bilan boyitilgan va qayta tahrirlangan shaklda chop etildi. Kitobni hoziroq xarid qiling va klassik adabiyot sari sayohatni boshlang!
Book details
- Publisher
- Asaxiy
- Publication year
- 2025
1288 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 65 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Graf Monte Kristo: 1-2-kitob (qayishqoq)
Aleksandr Dyuma
Jallod changalidagi oshiqlar
Aleksandr Dyuma · 2023
Graf Monte-Kristo. If qal'asining mahbusi Ikkinchi kitob
Aleksandr Dyuma · 2025
Graf Monte-Kristo. If qal'asining mahbusi Birinchi kitob
Aleksandr Dyuma

Александр Трифонович Твардовский: Василий Теркин
Aleksandr Dyuma · 2019

Граф Монте-Кристо (комплект из 2-х книг)
Aleksandr Dyuma · 2024

O'zbek sovet ensiklopediyasi. 14 tomlik
Aleksandr Dyuma · 1976

Сорок пять (Азбука-классика)
Aleksandr Dyuma · 2023
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more