
Jaloliddin Manguberdi - mardlik va jasorat timsoli
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV - BUYUK AJDODLARIMIZ, JUMLADAN, SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI, NAJMIDDIN KUBRO, SHUNINGDEK, TARIXIMIZ VA MUTAFAKKIR ALLOMALARIMIZ HAQIDA Xorazm vohasi - bu har qanday insonni o'ziga jalb etadigan tengsiz sehr va jozibaga ega bo'lgan o'ziga xos maskan. Chunki Xorazm haqida o'ylaganimizda, jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan va milliy davlatchiligimizga asos solgan noyob zamin ko'z oldimizga keladi. Vatan ozodligini o'z jonidan ustun qo'ygan, mardlik va jasorat timsoli bo'lgan Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro kabi ajdodlarimiz butun xalqimizning faxriga aylangan. Ulug' hukmdor Najmiddin Kubro keksayib qolganiga qaramay, Chingizxon qo'shini bilan mardlarcha jang qilgani, uning vafotidan so'ng Vatan bayrog'ini tortib ololmagan yovuz bosqinchilar uning jasadini kesib, bayroqni olib ketgani haqidagi rivoyat hamon tillarda doston bo'lib kelmoqda. Bunday beqiyos jasorat bugungi kunda ham Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashaydigan, uni mardona himoya qiladigan yosh avlodimiz uchun yuksak ibrat namunasi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ajdodlarimiz merosini va ularning harbiy san'at rivojiga qo'shgan hissasini chuqur o'rganish muhim. Harbiy vatanparvarlikni tarbiyalashda xalqimizning qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimiz tajribasi, harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik va ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Yengilmas sarkarda, Vatan himoyachisi, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdining Vatanimiz ozodligi yo'lida ko'rsatgan beqiyos jasorati va matonati oradan necha asrlar o'tsa-da, xalqimiz uchun buyuk ibrat namunasi bo'lib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha olib borilayotgan muntazam ishlar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Buyuk tarix va ajdodlarga voris bo'lgan xalqimiz mamlakat xavfsizligini ta'minlay oladigan armiyani yarata oldi. Ma'lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma'naviy asosi bo'lib, jamiyatni har tomonlama rivojlantirishning eng muhim safarbar etuvchi kuchi hisoblanadi. Shuning uchun fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularning Vatanimiz taqdiri uchun mas'uliyat hissini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur.
Book details
- Publisher
- Ziyo Nashr
- Publication year
- 2024
- Original language
- O'zbek tili
584 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 30 days.
In the Kitoblarim bot: 1 reading
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Jumaboy Rahiimov: Buyuk davlat arbobi, ulug' sarkarda va qomusiy olim
Jumaboy Rahimov · 2024

Mirzo Ulug'bek koinotga talpingan hukmdor
Jumaboy Rahimov · 2024

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Cry Wolf
Wilbur Smith · 1998

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011

The Workhouse Girl (used)
Dilly Court · 2013
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more