Hilol-nashr · 2025
- ISBN:
- 9789943942585
- Pages:
- 120

Bir odam oqshom vaqti zavq- shavq bilan Alloh taoloning dinini yoyish va mustahkamlash haqidagi xayollaridan so'z ochib qoldi. « Musulmonlar qachon Alloh taolo ular uchun murod qilgan mavqega qaytadi?!» deb taajjub aralash, yig'ilganlarga savol bera boshladi. « Nimaga musulmonlar boshqalarga ergashmoqda? Nima uchun dunyoni dindan ustun qo'yish- moqda? Nima uchun dushmanlari bilan do'st tutinishmoqda? Nima uchun!? Nimaga!? » deya savollarni yog'dirib tashladi. O'zining chiroyli nutqi bilan yana bir qator savollarni o'rtaga tashladi. O'ziga quloq tutganlarning yelkasiga ulkan vazifalarni yuklab tashladi. Tahlil, muqoyasa va xulosalarini batafsil bayon qildi. Ertasiga bomdod namozida uni namozxonlar safidan topa olmadim. O'zimga o'zim: « Har qalay biror ishi chikib, kela olmagan bo'lsa kerak », dedim. Kelasi kuni u yana namozda yo'q edi. Undan xavotir ola boshladim. Nima bo'lganini bilishga oshiqdim. Unga rostdan ham biror kor- hol bo'lgan bo'lsachi, deya andishalandim. Uni qidira- qidira, axiri topdim. Shoshgancha « Nima bo'ldi, tinchlikmi? Yaxshilikkami? Seni bomdod namozida uchratmadim? » deb so'radim. Menga bemalol va hech xijolat chekmay: « Meni ma'zur ko'rasan, birodarim. Alloh taolo meni ham, seni ham mag'firat qilsin. Mening vaziyatim og'ir. Ishim erta kunda boshlanadi. Kechasi juda kech uxlayman. Alloh taolo kechirguvchi Zot! » deb javob berdi. Uning so'zlari qarshisida dong qotdim. Hayratda qoldim. O'zimga o'zim savol berdim: « Qanday qilib Alloh azza va jallaning farzlaridan biriga beparvolik qilgan holda Allohning dinini mustahkamlashni orzu qilish mumkin!? » Qalbimda bir g'alayon his qila boshladim. Nafasim siqilib, tomog'im bo'g'ildi. Nimadir qilishni istadim. Nima qilsam ekan, deya mana shu kitobni qalamga oldim. O'zimga, sizlarga va qolgan barcha musulmonlarga Alloh taolodan hidoyat so'rayman, dinimizni aziz va mustahkam qilsin. U bunga qodir bo'lgan Zotdir.
120 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 6 days.
Finish this book in TelegramKitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterNo reviews of this book yet.
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Hilol-nashr · 2025
Hilol-nashr · 2024

Hilol-nashr · 2022

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

Shayx Muhammad Avvoma · 2018

Мирза Мухаммад Хайдар · 2016

2018

Миродил Хайдаров · 2023

Ziyovuddin Rahim · 2024

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2025
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more