
Tom Soyerning sarguzashtlari
Asaxiy Books loyihasida jahon adabiyoti durdonasi - “Tom Soyerning sarguzashtlari” kitobi premyerasi! “Tom Soyerning sarguzashtlari” - bolalik, erkinlik va haqiqiy do'stlik haqida yozilgan, avlodlar osha o'qilib kelayotgan jahon adabiyotining durdonasi. Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tven asarlarini o'qimagan kitobxon topilmasa kerak. Uning ijodi bolalar adabiyotining mumtoz namunalari qatoridan joy olgan va bugungi kungacha millionlab o'quvchilarni o'ziga rom etib kelmoqda. Mark Tven bolalar hayotini ortiqcha bezaklarsiz, sun'iy qahramonlarsiz, ularning sho'xligi, qiziqqonligi, samimiyligi va ba'zan qaysarligini hayotiy va ishonarli tarzda tasvirlaydi. Shu bois uning qahramonlari har bir o'quvchiga juda tez yaqin bo'lib qoladi. Ushbu kitob qahramoni Tom Soyer - tinib-tinchimas, sarguzashtni sevuvchi, topqir va uddaburon bola. U oddiy kundalik voqealarni ham hayajonli sarguzashtga aylantira oladi. Ba'zan u sho'xligi sabab muammoga duch keladi, ba'zan esa aynan shu sho'xligi uni murakkab vaziyatlardan olib chiqadi. Asar davomida Tom nafaqat sho'x bola, balki mas'uliyatni his qila boshlagan, jasorat ko'rsatishga qodir shaxs sifatida ham namoyon bo'ladi. Bu esa kitobni nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy jihatdan ham ahamiyatli ekanini anglatadi. Mutolaa davomida siz Tom bilan birga: - qiziqarli va sirli voqealar ichiga sho'ng'iysiz; - do'stlik va sadoqatning haqiqiy qiymatini tushunasiz; - bolalikning sho'x va beg'ubor lahzalarini qayta his qilasiz; - jasorat, vijdon va tanlov oldida qolish qanday bo'lishini ko'rasiz. Bu kitob qahramonlari sizga ham begona emas. Axir har birimizning sho'x, tinib-tinchimas, yerga ursang, ko'kka sapchiydigan do'stlarimiz bor-ku. Tom Soyer, Haklberri Fin, Jo Harper kabi qahramonlar ana shunday do'stlarimizning obrazidir. Mutolaa davomida ular orasidan o'zingizni ham topishingizga, albatta, ishonamiz. Asardagi qahramonlar vaqt o'tib oddiy obraz emas, balki yaqin do'stingizga aylanadi. Kitobdan nimalarni o'rganish mumkin? • Do'stlik va sadoqatni qadrlash; • Xatolardan qo'rqmaslik va ulardan saboq olish; • To'g'ri va noto'g'ri qarorlar o'rtasidagi farqni anglash; • O'qishga va fikrlashga bo'lgan qiziqishni oshirish; • Qiyin vaziyatlarda ham o'ziga ishonchni yo'qotmaslik. Bu asar vaqt sinovidan o'tgan haqiqiy klassik adabiyot bo'lib, 9 yoshdan boshlab o'qish mumkin. Tili sodda, ammo mazmuni chuqur bo'lgani uchun u bolalarni ham zeriktirmaydi, kattalarda esa iliq bolalik xotiralarini uyg'otadi. “Tom Soyerning sarguzashtlari” - bu shunchaki bolalar uchun yozilgan kitob emas. Bu bolalikning beg'ubor quvonchlari, erkinlikka bo'lgan intilish, do'stlik va jasorat haqida hikoya qiluvchi badiiy asardir. Ushbu kitob o'quvchini shunchaki voqealar rivojiga guvoh bo'lishga emas, balki Tom bilan birga quvonishga, xavotirlanishga, xato qilishga va to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi. Bu asar bolalarda o'qishga bo'lgan muhabbatni uyg'otadi, ularni mustaqil fikrlashga, hayotiy vaziyatlarga befarq bo'lmaslikka o'rgatadi. Kattalar uchun esa u bolalik xotiralarini qayta jonlantirib, hayotning eng sodda, ammo eng muhim qadriyatlarini eslatadi. “Tom Soyerning sarguzashtlari” bilan farzandingizga bilim va zavqni, o'zingizga esa iliq va samimiy xotiralarni hadya qiling. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Asaxiy
- Publication year
- 2025
376 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 19 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Kapitan Grant bolalari
Jyul Vern · 2022

Nozik ohang
Diyora Murodxo'jayeva · 2025

Shahzoda va gado
Mark Tven · 2019
Priklyucheniya Toma Soyera
Mark Tven · 2024

Eng sara asarlari
Mark Tven · 2021

Принц и нищий
Mark Tven · 2025

Принц и нищий (твёрдый переплёт)
Mark Tven · 2021

Никогда не спорьте с идиотами!
Mark Tven · 2025