Kitoblarimcatalogue
Back to books
Aljabrning Tug'ilishi

Aljabrning Tug'ilishi

Mazkur kitob tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. “Aljabrning tug'ilishi” va “Karvon yollarida# deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o'quvchisi o'qishi shart bo'lgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo'lmish al-Xorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan “Aljabrning tug'ilishi” qissasi o'quvchining ham tarixiy, ham ma'naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga xos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg'ular o'rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi. Feruz va Yoqutoy o'rtasidagi go'zal sevgi hamda ularning muhabbatiga raxna soluvchi qora kuchlar bilan o'quvchi asar mutolaasi davomida tanishadi.“Karvon yo'llarida” asarida Buxoro xoni Abdullaxon davrida jamiyatda hukm surgan vaziyat hamda siyosiy jarayonlar tarixiy faktlar asosida ifodalanadi. Asar qahramonlaridan biri, jabrdiyda Zahro obrazi o'quvchi qalbini junbishga keltiradi. Asira qizning go'zalligi xonlar va elchilar orasida tilga tushganligi bois, uning taqdiri ayanchli tus oladi...

Book details

Publication year
2024
Original language
O'zbek tili

144 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 8 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more