
Da Vinchi siri
"Da Vinchi siri” ilk bor (2003 yil) savdoga chiqqan haftaning o'zidayoq savdo ko'rsatkichi bilan “The New York Times” gazetasida, “The Wall Street Journal” va “San-Fransisko” yilnomalarida birinchi o'rinni, keyinchalik mamlakatdagi eng yirik sotuvchilar reytingida yuqori o'rinni egallagan. Ushbu asar jahonning 44 tiliga tarjima qilingan bo'lib, bugungi kunga qadar butun dunyo bo'ylab 81 milliondan ortiq nusxada sotilgan asar. Faqat ugina mashhur rassom Leonardo da Vinchi asarlarida yashiringan sirli kodni aniqlay oladi... Yolg'iz u kuch-qudrat beruvchi diniy qadamjolar, muqaddas qadriyatlarning aql bovar qilmaydigan salohiyatini anglaydi... Insoniyat asrlar davomida bosh qotirgan ulkan va sirli jumboq kalitini tanho u topishi mumkin... «Da Vinchi siri» romanida muallif o'z ijodiy izlanishlarini, tajribalarini jamlab, asar bosh qahramoni, ikonografiya va din tarixi mutaxassisi, Garvard universiteti professori Robert Lengdonda aks ettirdi. Roman Luvr muzeyida tunda sodir etilgan qotillik haqida xabar beruvchi bexos chalingan telefon qo'ng'irog'idan boshlanadi. Muzeyning keksa qo'riqchisi jasadi yonidan shifrlangan yozuv topiladi. Leonardo da Vinchining ishlarida yashiringan sir aynan shu yozuvda edi. Jumboq ortida nimalar yashiringanini Robert Lengdon sarguzashtlarida ketma-ket bilib olasiz... Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Yangi Asr Avlodi
- Publication year
- 2023
- Original language
- O'zbek tili
336 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 17 days.
In the Kitoblarim bot: 1 want to read
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.







