
Alvon yelkanlar
Aleksandr Grinning «Alvon yelkanlar» povesti Assol ismli qizchaning og'ir va iztirobli hayoti haqida so'zlaydi. Assol go'daklik chog'ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o'zini qizalog'ining tarbiyasiga bag'ishlaydi. Uni mo'jizalarga ishonch ruhida o'stiradi. Bir kuni qizaloq Egil ismli keksa ertakchini uchratib qoladi. Ertakchi qizaloqqa qachonlardir uni so'roqlab alvon yelkanli kemada shahzoda kelishini aytadi. Qizcha ana shu gapga ishonadi va sadoqat bilan o'sha saodatli damlarni kutib yashaydi. Bu yo'lda qanchadan-qancha aziyatlar chekadi. Boshiga malomat toshlari yog'iladi. Yo'qchilik, dasti qisqalik hamisha ortidan ergashib yuradi. Ammo u hech qachon taslim bo'lmaydi. O'z saodati uchun mehnat qilishdan chekinmaydi. U mo'jiza o'z-o'zidan kelmasligini, uni inson o'z qo'li bilan yaratishi lozimligini anglagan daqiqalardan, boshqalarni ham ana shu haqiqatga ishontiradi. Oradan yillar o'tib, ertakchi cholning bashorati ro'yobga chiqadi: ufq tomondan suzib kelayotgan alvon yelkanlar ko'zga tashlanadi... Bir so'z bilan aytganda, mazkur asar o'quvchiga ishonch va sadoqat, sabrning tagi oltin ekanini Assol hayoti misolida isbotlaydi
Book details
- Publisher
- Yangi Asr Avlodi
- Publication year
- 2021
- Original language
- O'zbek tili
128 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 7 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more






