Kitoblarimcatalogue
Back to books
Shamoili Muhammadiya

Shamoili Muhammadiya

Buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy rahmatullohi alayhning “Shamoili Muhammadiya" kitobi Islom olamida shuhrat qozongan, mo'tabar sanalgan manbadir. U o'zining ajoyib uslubi bilan keng kitobxonlar e'tiboriga tushgan, mag'ribu mashriqqa dong'i ketgan. Bu muborak kitobda bashariyatning eng afzal vakili, anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning tashqi ko'rinishlari, ulug' xislatlari, yuksak xulqlari, go'zal muomalalari haqidagi hadislar keltirilgan. Sahobalar sevikli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni shu qadar aniqlik bilan vasf qilishganki, kitobni o'qiganda xuddi u zotni ko'rgandek bo'lasiz. As'hobi kirom Rasulullohning yuzlari, ko'zlari, qoshlari, kipriklari, sochlari, qo'l-oyoqlari, yurishlari, o'tirishlari, kiyinishlari, ovqatlanishlari, ibodatlari, odamlar bilan muomalalari qandayligini tiniq tavsiflab berishgan. Imom Termiziy ana shunday hadislarni “Shamoil"da jamlagan, ularni mohirona tartiblab, boblarga ajratgan. Mo'min banda Rasuli akram alayhissalom tashqi ko'rinishlari, oliy fazilatlari haqida bilishi lozim ma'lumotlar mana shu kitobda bor. Uni qunt bilan o'qigan kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamga xos go'zal sifatlarni o'rganadi. Bu bilan uning imoni mustahkamlanadi, Rasulullohga hurmat-e'tibori, muhabbati ortadi. Tarjimon va sharh muallifi: Ziyovuddin Rahim

Book details

Publisher
O'qituvchi
Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

656 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 33 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more