
Ozodlik
"Petyofining bizning adabiyotimizga kirib kelishini favqulodda muhim hodisa deb hisoblayman. Butun jahon adabiyotida menga Petyofidan ham azizroq shoirni bilmayman. Petyofi mutlaqo klassik emas edi! U o'z nomi bilan Petyofi edi: muhabbat, vatanparvarlik va ozodlikning otashin kuychisi edi.... Petyofi venger adabiyotini jahon adabiyoti bilan biriktirgan oltin ko'prikdir. Go'zal va o'tyurak venger millatining undan ham ko'ra buyukrok o'g'loni yo'q. Petyofi tug'ilgan kun bu millatning eng baxtli ayyomidir... Agarda bu millat haqida hech nima bilmay turib, faqatgina Petyofining she'rlarini o'qisak, bas, ana shunda venger xalqi qalbining eng nozik torlarini chertgan, his etgan bo'lamiz. Petyofining she'rlarini sizga qanday taqdim etsam ekan?.. Hozircha faqat bir gapni aytishim mumkin: agar rubobiy she'riyat istasang - Petyofini o'qi; agar Vatan haqidagi ta'sirchan madhiyalardan zavqlanmoqchi bo'lsang Petyofini o'qi; agarda ko'ngling sho'x qo'shiqlar, ishqiy she'rlarni tusasa yana Petyofini o'qi", degan edi atoqli chex shoiri Yan Neruda. O'zbek shoirlari va kitobxonlari ham Petyofini sevib mutolaa qilishgan va ona tilimizga o'girishgan. Shoir tavalludining 150 yilligiga bag'ishlab uning asarlari nashr etilgan. Quyidagi to'plam buyuk verger shoiri Shandor Petyofi tavalludining 200 yilligi munosabati bilan asosan yangi tarjimalardan tuzildi. O'zbekcha matn yonida ruscha matn ham berildi. Shuningdek, unga 1973 yilda ona tilimizda chop etilgan asarlar ham kiritildi.
Book details
- Publisher
- Adabiyot
- Publication year
- 2023
- Original language
- O'zbek tili
272 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 14 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Liderning oltin kitobi
Jon Baldoni · 2025

Sehrli kuch
Ronda Bern · 2017

Kuch
Ronda Bern · 2018

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Как стать счастливым, ничего не делая, или Мой грандиозный план жизни
Пани Бука · 2018

Dead Souls (used)
Ian Rankin · 1999

Let it bleed (white cover)
Ian Rankin · 1996

Witch Hunt (used)
Ian Rankin · 2000
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more