Kitoblarimcatalogue
Mening hayotim

Mening hayotim

Sotsiologlarning hisob-kitoblariga qaraganda, XX asrning birinchi shahsi Albert Eynshteyn bo'lsa, ikkinchi shaxsi Mahatma Gandi ekan. Bu bejiz emas albatta. Mahatma Gandi o'zining kechinmalarga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, butun dunyo xalqlari uchun namuna bo'lib qoldi. Hind xalqining asriy mustamlakachilik zulmidan abadiy xalos bo'lishi aynan mana shu hoyaviy rahbar, davlat va siyosiy arbobning fidokorona va jangovar hatti-harakatlari bilan bevosita bohliq edi. Ayniqsa, uning "ahimsa" - kuch ishlatmaslik siyosati jahondagi ozodlik harakatlari uchun ibrat hisoblanadi. "Mening hayotim" - tarjimai hol kitobi. Ammo u faqat muallif hayotigagina chizgilar bermaydi, balki tarjimai hol bahonasida Gandi o'zining butun dunyoqarashlarini, hayotda ko'zlagan maqsadlarini oshkora va xolisona ifodalab beradi. Bundan tashqari, mustamlakachilikday siyosatning naqadar jirkanchligini, uning alohida xalqlar emas, umuman jahon xalqlari boshiga beqiyos musibatlar solishini har jihatdan asoslab, fosh etadi. Ingliz mustamlakachilarini Hindistonday katta mamlakatdan haydab chiqarish oson ish emasdi, buning uchun sermillat hind xalqining vatanparvar kuchlarini bir yoqadan yuosh chiqarib kurashga boshlash zarur edi. Bu vazifani o'z hindu diniga sodiq Mahatma Gandi uddaladi. "Mening hayotim" mazmun boyligi bois o'ziga xos kichik qomusni eslatadi. Unda tilga olingan hindu urf-odatlari, boshqa dinlarga oid ta'rif va sharhlar kitobxon dunyoqarashining shakllanishiga ta'sir ko'rsatishi tayin. Har bir millatning shakllanishi, albatta, birinchi galda uning farzandlari qalbidagi Vatanparvarlik tuyg'usiga tayanadi. Bu jihatdan Mahatma Gandining hayot yo'li eng yaxshi misoldir. Kitob ravon , tushunarli tilda yozilgan bo'lib, kitobxon uchun anglashilishi qiyin bo'lgan o'rinlar deyarli uchramaydi. "Mening hayotim" kitobining o'zbek tilida juz'iy qisqartirishlar bilan nashr etilishi, o'ylaymizki, o'zbek madaniy hayotida o'ziga yarasha voqea bo'lib qoladi va uning barcha kitob shaydolari uchun maqbul bo'lishiga ishonamiz.

Book details

Publication year
2024
Original language
O'zbek tili

336 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 17 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Editions (2)

O'zbekiston · 2009

ISBN:
9789943014701
Language:
O'zbek tili
Script:
Kirill
Pages:
256
Binding:
Qattiq
Format:
A5

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more