Hilol-nashr · 2025
- ISBN:
- 9789943814295
- Pages:
- 176

«Islomning madori bo'lgan hadislar sharhi» deb nomlangan silsilaning avvalgi ikki risolasida «Albatta, amallar niyatlarga bog'liqdir» va «Halol ochiq-oydindir» hadislari ba qadri imkon sharh qilindi. Mazkur ikki hadisi sharif ham o'zida musulmon banda hayotining juda ko'p sohalarini qamrab olgani uchun ularda fiqh, ruhiy tarbiya va boshqa sohalarda so'z yuritishga to'g'ri keldi. Jamiyat hayotidagi turli holatlarga oid masalalar yuzasidan bahslar olib borildi. Ushbu risolamizdan o'rin oladigan va siz azizlar bilan birga o'rganmoqchi bo'lib turgan hadisi shariflardagi bahs yuritiladigan mavzular ahamiyat jihatidan avvalgi ikki hadisi sharifning saviyasiga yaqin bo'lsa ham, qamrov jihatidan har bir hadisning mavzusi bilan cheklanadi. Misol uchun, ushbu risoladagi birinchi hadis nasihatga, ya'ni xolislikka bag'ishlangan. Boshqalari ham shunga o'xshash. Ko'pchilik katta imomlar, muhaddislar va mujtahidlar Islomning madori deb atagan hadisi shariflardan biri qisqacha qilib «Din nasihatdir» deb nomlanadi. Mazkur hadisi sharifning matni quyidagicha: Tamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Din nasihatdir», dedilar. «Kim uchun?» dedik. «Alloh uchun, U Zotning Kitobi uchun, U Zotning Rasuli uchun va musulmonlarning imomlari hamda ommalari uchun», dedilar». Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.
176 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 9 days.
Finish this book in TelegramKitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterNo reviews of this book yet.
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Hilol-nashr · 2025

Hilol-nashr · 2021

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2022

Shayx Muhammad Avvoma · 2018
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more