Kitoblarimcatalogue
Back to books
Qur'oni Karim Mus'hafi Sharif (qizil)

Qur'oni Karim Mus'hafi Sharif (qizil)

. . «Qur'oni Karim – Mushafi sharif» (Dorul G'avsoniy katta hajmda, 25x35) USHBU MUSHAFI SHARIF HAQIDA Ushbu mushafi sharif tobe'in Hafs ibn Sulaymon ibn Mug'iyra al-Asadiy al‑Ko'fiy Osim ibn Abun-Najud al-Ko'fiydan rivoyat qilgan, u Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Habib Sulamiydan, u esa Usmon ibn Affon, Aliy ibn Abu Tolib, Zayd ibn Sobit va Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhumdan, ular esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan naql qilgan qiroatga muvofiq tarzda yozilgan va belgilari qo'yilgan. Mushafning harflari roshid xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Makka, Basra, Ko'fa va Shom shaharlariga yuborgan hamda Madina ahliga qoldirgan va o'zi uchun olib qolgan mushaflar, shuningdek, ulardan ko'chirilgan nusxalardan rasmi xat ilmi (Qur'on yozuvi ilmi) ulamolarining rivoyatlari asosida olindi. Bunda Abu Amr Doniy va Abu Dovud Sulaymon ibn Najohlarning naqllari asos qilib olindi, farqli o'rinlarda Abu Dovudning so'zi tanlandi. Binobarin, mushafning har harfi mazkur olti usmoniy mushafga to'la mosdir. Mushafdagi harfdan boshqa belgilar ushbu ilm mutaxassislari imom Tanasiyning «At-Tiroz 'ala zobtil-xarroz» kitobi asosida qabul qilgan yo'sinda olindi. Bunda Andalusiya va Mag'rib ulamolari qo'llagan belgilar o'rniga Xalil ibn Ahmad va u zotga ergashgan Mashriq ulamolari qabul qilgan alomatlar tanlandi. Oyatlar va ularning adadi ko'faliklar uslubida ‒ imom Shotibiyning «Nozimatuz-zuhr» kitobi va oyatlar xususida yozilgan boshqa asarlarda Abu Abdurrahmon Sulamiydan, u Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan qilgan rivoyat asosida belgilandi. Unga ko'ra oyatlar soni 6236 tadir. 30 juz (pora), 60 hizb (yarim juz) va rubu' (chorak hizb) kabi qismlarning boshlanish o'rinlari imom Safoqusiyning «G'oysun-naf'» asari, imom Shotibiyning «Nozimatuz-zuhr» kitobi va uning sharhlari, shayx Muhammad Mutavalliyning «Tahqiqul-bayon» risolasi hamda Abu Iyd Rizvon Muxillotiyning «Irshodul-qurro val-kotibin» asari asosida ko'rsatildi. Mushaf so'ngida ilova qilingan jadvalda suralarning makkiy va madaniyligi haqidagi ma'lumot Abu Qosim Umar ibn Muhammad ibn Abdulkofiyning kitobidan hamda qiroat va tafsirga doir asarlardan olindi. Vaqf alomatlari ushbu mushafni tayyorlash guruhi tomonidan ma'nolarning taqozosiga ko'ra, tafsir va vaqf-ibtido ulamolarining so'zlaridan kelib chiqqan qarorlar asosida qo'yildi. Sajda oyatlari va ularning o'rinlari fiqh va hadis kitoblari asosida qayd qilindi. Ulardan beshtasida ulamolar ixtilof qilgan bo'lib, ushbu mushafda ularga ishora qilinmagan. Bu oyatlar – Haj surasidagi ikkinchi sajda oyati hamda Sod, Najm, Inshiqoq va Alaq suralaridagi sajda oyatlaridir.

Book details

Publisher
Hilol-nashr
Publication year
2023
Original language
Arab tili

100 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 5 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more