Kitoblarimcatalogue
Back to books
Eng sara muhabbat qissalari

Eng sara muhabbat qissalari

Muhabbat ne qudratki, inson qalbida ana shu tilsimli olamga ehtiyoj, intilish bor? Unda ne qudrat yashirinki, urib turgan yurak o'zga bir qalb tomon hamisha ilhaq bo'laveradi, yuragi sog'inch azobi bilan o'rtanaveradi? Bu savolga dunyoda qancha odam istiqomat qilsa, xuddi shuncha javob bor, ya'ni har bir inson yuragida gohida oshkor, gohida pinhon muhabbat yashaydi. Darhaqiqat, Dunyo muhabbatdan paydo bo'ldi. Muhabbat tiriklik ustuni bo'ldi. Muhabbat shaxslarni kamolga yetkazdi. Muhabbat ma'nan komil insonni tarbiyaladi. Muhabbat odam bolasiga o'zini tanitdi. Muhabbat hayratlar, azoblar, og'riqlar, dardlar, qayg'ular bilan keldi. Va inson farzandi uni shu holida quvonch bilan qabul qildi, og'ir damlarida undan panoh istadi. E'tiboringizga havola etilayotgan kitobga biz o'lmas va abadiy mavzu - muhabbat eng sara qissalarni jamladik. To'plam yuragingiz qatidagi yechimi yo'q savollarga javob berolsa, nelarnidir yodingizga solsa, qalbingizda mudrab turgan tuyg'uni qayta hayajonlantirsa va uni o'qishga yana ehtiyoj sezsangiz, biz o'z maqsadimizga erishgan hisoblaymiz o'zimizni. To'plovchi: Ma'mura Qutliyeva

Book details

Publication year
2020
Original language
O'zbek tili

320 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 16 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more