Kitoblarimcatalogue
Back to books

Otam - Sulton Abdulhamid

Usmonlilar imperiyasi sultoni Abdulhamid II to'g'risida o'nlab tarixiy-badiiy asarlar, xotiralar o'zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Qo'lingizdagi kitob ham mana shu tarixning adolatli baholangan asl manzarasini ko'rish istagidagi insonlarning sa'y-harakatlari mahsuli – Sulton Abdulhamid II ning qizi, metin irodali malika Oysha Sultonning otasi haqidagi xotiralaridir. Asar kitobxonlarga manzur bo'ladi degan umiddamiz. Oysha Sulton xotiralari o'ta samimiy va xolislik bilan bayon qilingan, eski davr memuarlariga xos bo'lgan maddohlig-u madhiyalardan xoli. Xotiralarni o'qirkansiz, XIX asr oxiri – XX asr boshi dunyo tarixi va siyosiy tuzumlar, eski davlatchilik va modern siyosiy qarashlar o'rtasidagi ziddiyat jarayonida yangi XX asr davlatchiligining shakllanish tadrijini, bu jarayonda bir shaxsning o'rni va ta'siri qanday bo'lganligini ko'rasiz. Xotiralar sulton shaxsini shakllantirgan shahzodalik hayoti, fojiali taqdirlar va ayanchli qismatlar bayoni xuddi bir kino lentasiday ko'z o'ngingizdan o'tadi, o'sha davr saroy va haram hayoti muhitiga olib kiradi sizni.

Book details

Publisher
Akademnashr

296 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 15 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more