Murosayu madora
Turmush barakotdir, muhabbatdir. Bir kishi bilan turmush qurib, kattakon oilaga ega bo'lasiz. Oilangiz bitta edi, ikkita bo'ladi. Bu bir ne'matdir. Har ne'matning kulfati bo'lgani kabi yangi oilaga ega bo'lishning ham o'ziga xos qiyinchiliklari bor, albatta. Yangi oilangiz a'zolari sevganingizning sevganlaridir. Turmush o'rtog'ingizni qizg'anishingiz, ular bilan bo'lishishni istamasligingiz mumkin. Yoxud turmush o'rtog'ingizning oilasi uni qizg'angani bois sizga ko'ngil eshiklarini bekitishi mumkin. Bunday vaziyatda oldingizda ikki yo'l bor. Birinchisi: «Sizning oilangiz-mening oilam» deya xato va kamchiliklariga e'tibor bermasdan ularni qabul qilish, mehr va hurmat ko'rsatib, ko'ngil eshiklaridan ichkariga qadam tashlashga muvaffaq bo'lish. Ikkinchisi: muntazam ravishda turmush o'rtog'ingiz oilasining xatolari va sizga yoqmagan jihatlariga e'tibor qaratib, ulardan uzoqroq turish, turmush o'rtog'ingizni ham oilasidan ajratib olishga urinish. Bu yomon yo'l.
Book details
- Publisher
- Misbah
208 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 11 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more